AQSh Adliya vazirligi Ferguson politsiyasini huquqbuzarlikda ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

Ferguson. Missuri shtati

Ferguson. Missuri shtati

AQSh Adliya vazirligi Missuri shtati Ferguson shahar politsiya boshqarmasini qora tanli fuqarolarning konstitutsion huquqlarini muntazam ravishda buzib kelganlikda ayblamoqda. Politsiya ularga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatishi, ko'p hollarda sababsiz hibsga olishi xulosa qilinadi.

O'tgan yili shaharda oq tanli politsiyachi qurolsiz qora tanli o'smirni otib o'ldirgach, vazirlik so'nggi olti oy davomida boshqarma ishini taftish qilgan. Sud hay'ati o'shanda politsiyachini aybsiz topib, shahar va umuman mamlakat bo'ylab katta noroziliklarga sabab bo'lgan edi.

Vazirlik inspektorlari yuzlab odam bilan suhbatlashgan, boshqarmaning 35 ming sahifadan iborat hujjatlarini ko'rib chiqdi. Ma'lum bo'lishicha, Fergusonda hibsga olinganlarning 93 foizini qora tanlilar tashkil etgan, yo'l qoidasini buzganlar ham asosan qora tanlilar ekani qayd etilgan.

Adliya vazirligi hisobotida aytilishicha, Fergusondagi rasmiylar davlat elektron pochta tarmog'i orqali qora tanlilarni mazax qiluvchi hazillar qilishgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG