Kobulda terror xurujining oldi olindi

  • Amerika Ovozi

Haqqoniy guruhi Afg’onistonda bir necha yirik hujumlar uchun javobgar. 15-aprelda Kobulda jangarilar bir necha muhim obyektga kirib olib, shaharni 18 soat davomida qon qaqshatgan edi.

Haqqoniy guruhi Afg’onistonda bir necha yirik hujumlar uchun javobgar. 15-aprelda Kobulda jangarilar bir necha muhim obyektga kirib olib, shaharni 18 soat davomida qon qaqshatgan edi.

Afg’oniston poytaxtida xavfsizlik kuchlari jangarilar rejasini puchga chiqarib, yirik xurujni qaytara olgan. Tongdagi otishmada sakkiz jangari yo’q qilindi, deydi politsiya.

Razvedka rasmiysi Latifulla Mashalning aytishicha, Kobulda bugun Haqqoniy oqimiga aloqador jangarilar yashiringan bino qurshovga olingan. Ular poytaxtga hamla qilishni rejalayotganidan xabarimiz bor edi, deydi Mashal.


Besh soat davom etgan to’qnashuvda qo’limiz baland keldi, deydi u. Granata, xaritalar, portlovchi moslama joylangan mashinalar musodara qilingan.

Haqqoniy guruhi Afg’onistonda bir necha yirik hujumlar uchun javobgar. 15-aprelda Kobulda jangarilar bir necha muhim obyektga kirib olib, shaharni 18 soat davomida qon qaqshatgan edi.

Bu orada, AQSh va NATO kuchlarining Afg’onistondagi qo’mondoni, general Jon Allen bugun Pokistonda, chegarada qatnov borasida gaplashmoqda.

Yetti oylik blokadadan keyin Pokiston NATOga yo’llarni ochib berganidan beri Allenning birinchi tashrifi.
Granata, xaritalar, portlovchi moslama joylangan mashinalar musodara qilingan

Granata, xaritalar, portlovchi moslama joylangan mashinalar musodara qilingan


U Islomobod-Vashington aloqalari izga tushganidan mamnun. Tomonlar xavfsizlik va farovonlik yo’lida mustahkam hamkorlikni tanlagani ijobiy hol, deydi u.

Pokiston generali Ashfaq Kiyaniy so’zlariga ko’ra, Allen bilan muloqot o’zaro murosa, Pokiston-NATO rishtalarini yaxshilashga hissa qo’shmoqda.

Ikki davlat Afg’oniston-Pokiston chegarasida yashiringan ektremist guruhlarga qarshi qanday chora qo’llash ustida kelisha olmaydi.

Vashington nazarida Islomobod jangarilarni jilovlash uchun yetarlicha harakat qilmayapti.

Biroq pokistonlik tahlilchilar xavotir shuki, mintaqada keng ko’lamli harbiy amaliyot teskari natija berib, mahalliy aholini jangarilar safiga qo’shilishga majbur qilishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG