Kobul portlashlardan larzaga keldi

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston poytaxti Kobulning bizneslar joylashgan qismida kuchli portlashlar sodir etilgan. Hafta boshidan beri shahar ikkinchi bor yirik xurujlarga sahna bo’layapti.

Hujumlardan biri razvedka xodimlariga xizmat qiluvchi kasalxona va harbiy idora yonida ro’y bergani aytilmoqda. Portlash ketidan otishmalar boshlangan.

Tolibon bu uning ishi ekanini e’lon qilgan. Talofatlar haqida aniq ma’lumot yo’q.

O’tgan hafta Kobulda mashina portlashi natijasida 15 odam, xususan, to’qqiz afg’on va olti amerikalik jon bergan edi. O’lganlar orasida amerikalik ikki askar bo’lgan.

Pokiston shimoli-g’arbida diniy peshvoning mashinasi nishonga olinib, uch kishi nobud bo’lgan.

Peshovardagi bu xuruj paytida Hoji Hayatulla avtomobilida bo’lmagan. Ammo uning haydovchisi, soqchisi va bir yo’lovchi jon bergan. Hujum ortida kim turgani hali aniq emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG