Katta Sakkizlik sammitida qarz changalidan qanday qutulish bosh masala


Kanadaning Toronto shahrida dunyo yalpi mahsulotining 80 foizini ishlab chiqaruvchi 20 davlat rahbarlari yig’ilib, global tanazzulni yengish va iqtisodiy o’sishni ta’minlash yo’llarini muhokama qilmoqda.

Ma’lumki, ko’plab mamlakatlar tanazzulning avj pallasida qarz olib bo’lsada iqtisodiyotga sarmoya kiritgan, yordam dasturlarini ma’qullagan edi. Qarzdan, kamomaddan qanday qutulish bo’yicha Katta Yigirmalikda yakdillik yo’q.

Sammitga mezbon Kanada Bosh vaziri Stiven Xarper 2013 yilga qadar kamomadni 50 foizga qisqartirtish, moliya bozori nazorat qilishga qaratilgan umumiy dastur bilan chiqishga chaqirgan.

AQSh prezidenti Barak Obama “krizisdan hali tuzalganimiz yo’q, yirik davlatlar iqtisodiyotga sarmoya kiritishda davom etishi kerak” degan fikrda.

Gretsiyadagi moliyaviy inqiroz va buning yevro qiymatiga ta’siri natijasida, ma’lumki, Yevropa Ittifoqi, xususan Germaniya, Britaniya va Franisya, hozir butun e’tiborni sarf-xarajatni kamaytirishga, byudjet va davlat qarzlarini keskin qisqartirishga qaratmoqda.

Torontoda, shuningdek, Katta Sakkizlik davlatlari yig’ilishi bo’lib o’tdi. Shimoliy Koreya va Eron yadro dasturini qoralash barobarida, rahbarlar G’azo blokadasini yumshatishga ham chaqirgan.

Sammitda qatnashchilari iqtisodiy tanazzul dunyoda qashshoqlikni ikki baravarga kamaytirish sa’y-harakatlarini izdan chiqarganini tan olmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarda ona va bola salomatligini mustahkamlash dasturlariga 5 milliard dollar ajratishga kelishib olingan.

XS
SM
MD
LG