Breaking News

Islom Karimov Samarqandda dafn etiladi


Islom Karimov Samarqandda, 1-noyabr, 2016-yil.
Islom Karimov Samarqandda, 1-noyabr, 2016-yil.

2-sentabr kuni Toshkentda olamdan o'tgan Prezident Islom Karimov 3-sentabr kuni tug'ilib o'sgan shahri Samarqandda dafn etiladi. Bu haqda O'zbekiston teleradiokompaniyasida o'qib eshittirilgan rasmiy axborotda ma'lum qilindi.

Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis birgalikda chiqargan qarorga ko'ra, mamlakat bo‘ylab 3-sentabrdan boshlab 3 kunlik motam e’lon qilindi. Shuningdek, Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlarini ko'rishga ham qaror qilingan.

Prezidentning kichik qizi Lola Karimova ham o‘zining Instagram sahifasida otasining vafoti haqida yozib qoldirdi.

"U bizni tark etdi... So‘z izlayapman va o‘zim bunga ishonmayapman... Albatta, biz Ollohnikimiz va albatta, biz unga qaytguvchimiz. Xudo rahmat qilsin!" - deb yozdi Lola Karimova.

Ayni paytda Samarqandda dafn marosimiga tayyorgarlik davom etmoqda. Shahar markaziy ko‘chalari va xiyobonlarini yuvib-sidirgan obodonlashtirish va turli xil tashkilotlar ishchi-xodimlari 2 sentyabr kuni ham o‘z ishlarini davom ettirishdi.

Samarqandda dafn marosimiga tayyorgarlik
Samarqandda dafn marosimiga tayyorgarlik

Samarqand shahridagi mehmonxonalarda joy qolmagan. Mehmonxonalardagi aksariyat joylarni viloyat va shahar hokimligi keladigan mehmonlar uchun bron qilgan.

"Ozodlik" radiosi manbalarining xabar berishicha, Toshkentdan Samarqand shahriga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining bir necha mashinadan iborat karvoni yo‘l olgan.

O‘zbekiston TV va radiosi jurnalistlari marhum Prezident Islom Karimovni dafn qilish jarayonini suratga olib, efirga uzatishi aytilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston marhum Prezidenti Islom Karimovning jasadi qo‘yilishi uchun Samarqandda maxsus maqbara qurilyotgani ham xabar qilindi.

"Ozodlik" manbalarining kuzatishicha, bu ishga yuzdan ortiq odam jalb qilingan, ekskavator, kran va boshqa texnikalar ishlamoqda.

Samarqand shahridagi Registon ko‘chasidan Registon maydonigacha gilam to‘shalgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG