Hamid Karzay prezident Obamani so'zini tutmaganlikda aybladi

  • Amerika Ovozi

Prezidentlar Barak Obama va Hamid Karzay (Afg'oniston), arxiv surat

Prezidentlar Barak Obama va Hamid Karzay (Afg'oniston), arxiv surat

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay AQSh va afg’on kuchlarining sharqdagi Parvon viloyatida sakkiz fuqaro, jumladan yetti bolaning o’limiga sabab bo’lgan qo’shma operatsiyasini keskin qoraladi.

Karzay AQSh rahbari Barak Obamani Afg’onistonda aholiga yaqin joyda Amerika kuchlari amaliyotini cheklash haqida bergan va’dasining ustidan chiqmaganlikda aybladi.

Xalqaro koalitsiya qo’mondonligi Parvonda operatsiya o’tkazilganini tasdiqlagan, ammo amaliyot afg’on kuchlari tomonidan rejalanganini ma’lum qildi. Bayonotga ko’ra, jangarilar birinchi bo’lib o’t ochgan, otishmada ikki oddiy fuqaro, 10 jangari va bir askar o’lgan.

Karzay AQSh bilan xavfsizlik bitimini imzolashdan bosh tortib kelyapti. AQShdagi ayrim tahlilchilar nazarida bunga bir sabab Karzayning Obama bilan sovuq munosabatlari.

Qo’shma Shtatlar agar Afg’oniston hujjatni tez kunlarda imzolamasa, 2014-yildan so’ng mamlakatda birorta askarini qoldirmasligini aytmoqda.

Kuzatuvchilar nazarida shunday bo’lsa, afg’on xavfsizlik kuchlari Tolibonga bas kelolmasligi va mamlakat yana beqarorlashishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG