Karzay Loya Jirg'a tavsiyasini rad etmoqda

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay Loya Jirg'ada, Kobul, 24-noyabr, 2013-yil

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay Loya Jirg'ada, Kobul, 24-noyabr, 2013-yil

Kobulda shu hafta Afg’oniston-AQSh xavfsizlik bitimi loyihasini muhokama qilgan Loya Jirg’a hujjatni darhol imzolashni tavsiya qilayotganiga qaramay, prezident Hamid Karzay nazarida Afg’onistonga yana bir oz vaqt kerak.

Mahalliy rahbarlar, qonunchilar va siyosatchilardan iborat kengash uch kunlik muloqotdan so’ng bitimni qo’llab-quvvatlashga qaror qildi. Hujjat AQSh va Afg’oniston o’rtasida 2014-yildan keyingi hamkorlikni belgilaydi. Xorijiy qo’shinlar mamlakatni yana bir yildan so’ng tark etadi.

Karzay nazarida bitimni imzolashga shoshmaslik kerak.

"Avval aprelga belgilangan prezident saylovlari o’tsin", - deydi u.

AQSh rasmiylari masalaning aprelgacha cho’zilishini istamaydi.

"Rasmiy kelishuvsiz uzoq muddatli reja ustida ishlay olmaymiz", - deydi ular.

Ikki yarim ming kishilik Loya Jirg’aga raislik qilgan Sibg’atulla Mujodadiyning aytishicha, hujjat darhol imzolanishi lozim.

"Karzayning masalani cho’zishga haqqi yo’q, bu Afg’oniston manfaatiga ziddir", - deydi u.

Hujjat AQShning 2014-yildan so’ng Afg’onistonda yana 10 yilga qoladigan qo’shinlarining huquqiy maqomini belgilaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG