Kashmirda Hindiston hukumatiga qarshi namoyishlar

  • Amerika Ovozi

Kashmirda Hindiston hukumatiga qarshi namoyishlar

Kashmirda Hindiston hukumatiga qarshi namoyishlar

Hindistonning Kashmir shtatida ikki askar bir ayolni olib qochib, uni zo’rlabdi degan gap tarqalgach, minglab odam ko’chaga chiqib, katta to’polon boshlangan.

Ma’muriy markaz bo’lmish Shrinagar va boshqa shaharlarda do’konlar, bank va maktablar, hatto hukumat idoralari yopiq.

Hindistonga qarshi namoyishlarda bu hudud uchun mas’ul harbiy qo’mondonning ishdan ketishi talab qilinmoqda.

Kashmirda Hindiston hukumatiga qarshi namoyishlar

Kashmirda Hindiston hukumatiga qarshi namoyishlar

Jabrlanuvchi deydiki, uni seshanba kuni olib ketishgan va harbiylar chodiriga olib borib, qayta qayta tajovuz qilishgan.

Harbiy idoraning bildirishicha, uni olib qochganlar askar kiyimidagi jangarilar bo’lgan. Terroristlar bunday usuldan tez tez foydalanib, odamlarni hukumatga qarshi qayrashni odat qilgan, deydi rasmiylar.

Kashmirning Hindiston nazoratidagi qismi

Kashmirning Hindiston nazoratidagi qismi

Huquq tashkilotlari esa Hindiston armiyasini ham, mustaqillik uchun kurashayotgan jangari guruhlarni ham aholiga nisbatan qabih jinoyatlarda ayblab keladi.

Bunday hollar haqida faktlar shu qadar ko’pki, deydi faollar, Kashmir jahannam bir joy deysiz. Hududda, shuncha harbiy choralarga qaramay, xavfsiz joyning o'zi yo'q, deydi ekspertlar.

Kashmirning Pokiston nazoratidagi qismi

Kashmirning Pokiston nazoratidagi qismi

Himolay tog’larining bir qismi bo’lish bu hudud yarim asrdan oshibdiki, Pokiston va Hindiston orasida talash. Har ikki davlat o’z bo’laklariga ega.

Har ikki tarafda jangari guruhlar faol va hukumat kuchlari bilan olishib keladi.

Hindiston ingliz mustamlakasidan qutulib mustaqillikka erishayotgan paytda, 1947 yilda, mamlakatning musulmon qismi alohida davlat qurishga qaror qiladi. Pokiston vujudga keladi. Kashmir o'sha davrlardan beri mojaroli masala.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG