Millionlab fuqarolar fikricha Nazarboyev uzoq yillar prezidentlikda qolishi kerak

  • Amerika Ovozi

Qo'shma Shtatlar nazarida referendum taklifi demokratik tamoyillarga zid

Qo'shma Shtatlar nazarida referendum taklifi demokratik tamoyillarga zid

Qozog'istonda ovoz berish yoshidagi fuqaroning yarmi Nursulton Nazarboyev yana uzoq yillar prezident bo'lib qolsin demoqda. Besh million odam tashabbusni yoqlamoqda.

Uning mualliflari referendum o'tkazib, yo'l ochib beraylik, Nazarboyev 2010 yilgacha davlatni boshqarsin deya taklif kiritgan. Holbuki, Qozog'istonda kelasi yil prezident saylovlari o'tishi kerak.

Qo'shma Shtatlar buni demokratik tamoyillarga zid, demoqda.

O'tgan yilning dekabrida olg'a surilgan tashabbusni millionlab fuqaro yoqlar ekan, ular imzo chekkan bayonot Markaziy Saylov Komissiyasiga yetkazilgan.

Tahlilchilar fikricha, referendum 70 yoshli Nazarboyev uchun yerni kurab beradi. Siyosiy doiralarda raqiblar paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaydi.

Hukmron doiralar Nazarboyevga sodiqligini aytib keladi. Biroq ular safidan prezidentga bas keladigan arbob chiqishi ehtimoldan xoli emas, deydi tahlilchilar.

Nazarboyevning boshqaruvi davrida neftga boy Qozog'istonga 150 milliard dollar sarmoya kirdi

Nazarboyevning boshqaruvi davrida neftga boy Qozog'istonga 150 milliard dollar sarmoya kirdi

Xalq orasida "otaxon" deya tanilgan Nazarboyev mustaqil Qozog'iston ko'z ochib ko'rgan yagona rahbar. Sarmoyachilar nazarida boshqaruv kimga o'tishi mavhum va bu yirik davlat uchun siyosiy xavf kasb etadi.

Nazarboyevning rahbarligi davrida neftga boy Qozog'istonga 150 milliard dollar sarmoya kirdi.

U 2012 yilgi prezident saylovlarida qatnashish niyati borligi aytgan. Biror jiddiy raqibni ko'rmayapman, deydi u.

Oy boshida prezident referendum rejasini rad etdi. Biroq parlament o'z qarorida qat'iy va hafta oxirida majlis qilib, so'zini o'tkazishi mumkin. Qonunchilarning beshdan bir qismi yoqlasa, referendum o'tadi.

Muxolifat, faollar fikricha, Qozog'iston huquq va demokratiyani qalqon qilgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga rais paytida bergan va'dalaridan yuz o'girmoqda.

Bu demokratiyaning janozasidir, deydi ular.

Shu paytgacha Qozog'istonda o'tgan saylovlar xalqaro andozalarga mos deb topilmagan. Davlatning ilk rahbari Nursulton Nazarboyev prezident saylovlarida istagancha ishtirok etish huquqi bilan siylangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG