Breaking News

Qozog'iston: Aktobedagi xurujlarda 19 kishi o'lgan


Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 5-iyun kuni Aktobe shahrida 30 yaqin kishi qurol do’konlariga bostirib kirgan, keyin esa harbiy qismga tegishli qurol- yarog’ omboriga hujum uyushtirgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 5-iyun kuni Aktobe shahrida 30 yaqin kishi qurol do’konlariga bostirib kirgan, keyin esa harbiy qismga tegishli qurol- yarog’ omboriga hujum uyushtirgan.

Qozog’istondagi qurolli to’qnashuvlar terrorchilik xuruji deb topilgan. O’lganlar soni 19 kishiga yetgan. Ularning 13 nafari hozircha noma’lum qolayotgan diniy oqimga mansub jangarilar, deydi rasmiylar.

Aktobe ahli nima bo'layotganini bilmaydi, deydi mahalliy jurnalist
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:09 0:00

Bu terrorchilik xuruji va mamlakatda bartaraf etilgan “davlatni to’ntarishga urinish” hollari o’rtasidagi bog’liqlik esa hamon mavhum.

Ostonada Rossiya va Qozog’iston mudofaa vazirlari Aktobe voqealarini muhokama qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa davlat to’ntarishida ayblangan tadbirkor To'xtar Tuleshevning rossiyaparast bo’lganiga diqqat qaratilmoqda.

Qozog’iston Ichki ishlar vazirligi Aktobedagi qurolli to’qnashuvlar ketidan 10 ga yaqin odamga qidirmoqda.

Shaharda vaziyat ancha barqaror, internet va ijtimoiy tarmoqlar qayta ishga tushgan.

Qozog’istonlik jurnalist Alken Kenjaboyev “Amerika Ovozi” bilan suhbatda deydiki, so’nggi kunlardagi voqealar yuzasidan jamoatchilik to’liq ma’lumotga egas emas. Hukumat “davlatni to’ntarishga urinishdi” degani bilan Aktobedagi qonli jarayonlarga aniqlik kiritilmayapti.

“Bu ikki voqea - terror xurujlari va davlat to’ntarishiga urinish o’rtasida shaxsan men hach qanday bog’liqlik ko’rmayapman, qolaversa Tuleshev bundan to’rt oy muqaddam hibsga olingan edi. Hukumat esa jamotchilikka bu voqealar o’zaro bog’liq degan qarashlarni taqdim etmoqchi. Axborot ham xuddi shu tariqa berilmoqda, ammo hozircha bu rasman bo’glanayotgani yo’q. Hukumat faqat ikki guruh o’rtasida o’zaro munosabatlar borligiga ishora qilayapti. Nazarimda so’nggi ommaviy norozilik chiqishlari uchun kimnidir aybdor topish kerak edi, hukumat shunday odamni topdi”, - deydi Kenjaboyev.

7-iyun kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ostonaga kelgan. U Qozog’iston Mudofaa vaziri Imangali Tasmaganbetov va boshqa rasmiylar bilan uchrashmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Prezident Nursulton Nazarboyev bilan uchrashishi kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Tuleshev Rossiya va rus tili uchun kurashib kelgan, Rossiya bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yish kerak deya undab kelgan shaxs sifatida ta’riflanadi.

Trubina.kz jurnalisti Alken Kenjaboyev tahlilicha, ziddiyat aslida mamlakatdagi ichki muammolarga borib taqaladi. Davlat to’ntarishi haqidagi versiya ham, buning ortida Rossiya maxsus xizmatlari turgani haqidagi qarashlar ham haqiqatdan uzoq.

“Men to’g’risi bu voqealar ortida Kremlning qo’lini ko’rmayapman. Hokimiyatda shundoq ham Rossiyaga juda yaqin odamlar o’tiribdi. Qozog’iston Yevrosiyo Ittifoqida. Shuningdek, bu voqealar ortida Ukraina ssenariysi yotipdi degan qarashlarga ham qo’shilmayman. Umuman hozirgi vaziyatda shimoliy qo’shnidan qandaydir tahdid bo’lishi mumkinligi haqiqatdan yiroq”, - deydi jurnalist.

Aktobedagi terrorchilik harakatlarida salafiylik oqimiga mansub dindorlar aybdor ko’rilmoqda, lekin bu hozircha rasman e’lon qilinmagan. Ammo hukumat shunday versiyani jamoatchilikka taqdim etishga hozirlanayapti, deydi Kenjaboyev.

“Hozir hukumat terrorchilik aktlari salafiylar oqimiga mansub jangarilar tomonidan amalga oshirilganini e’lon qilishga tayyor turibdi. Lekin maxsus xizmatlarning yonginasida birdaniga shuncha ekstremistlarning qayerdan paydo bo’lgani, bemalol yig’ilishgani ko’plab savollar uyg’otadi”, - deydi u.

5-iyun kuni Aktobe shahrida 30 yaqin kishi qurol do’konlariga bostirib kirgan, keyin esa harbiy qismga tegishli qurol- yarog’ omboriga hujum uyushtirgan.

Hukumatga ko’ra, 13 nafar jangari yo’q qilingan, tinch aholidan uch kishi va uch harbiy halok bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG