Qozog'iston poytaxtida portlash

  • Amerika Ovozi

Qozog'iston poytaxtida portlash

Qozog'iston poytaxtida portlash

Qozog'iston Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, poytaxt Ostonada milliy xavfsizlik qo'mitasi yonida avtomobil portlagan, ikki kishi o'lgan.

Rasmiylar nazarida buni terror xuruji deya ta'riflashga hali erta.

Qozog'istonda bir hafta ilgari Aktyubinsk viloyati milliy xavfsizlik qo'mitasi oldida bir shaxs o'zini portlatgan edi. O'shanda ikki kishi jarohatlangan.

G'arb davlatlari tavsiyasi asosida siyosiy va iqtisodiy ishlohotlarni amalga oshirishga intilayotgan Qozog'iston uchun bunday hujumlar anchayin yot sanaladi.

Lekin matbuot xabariga ko'ra, Tolibon 21 may kuni e‘lon qilgan bayonotida Qozog‘istonni Afg‘onistondagi urushda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirgan.

Bu davlat parlamenti quyi palatasi Afg‘onistonda xalqaro koalitsiya amaliyotlarida qatnashishga doir bitimni ma'qullagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG