Qozog’iston rahbari saylovda mutlaq g’alaba qilishi kutilyapti


Qozog’iston rahbari saylovda mutlaq g’alaba qilishi kutilyapti

Qozog’iston rahbari saylovda mutlaq g’alaba qilishi kutilyapti

Qozog’istonni 20 yildan beri boshqarayotgan Nursulton Nazarboyev, kuzatuvchilar nazarida, saylovda mutlaq g’alabani qo’lga kiritishi shubhasiz.

Poytaxt Ostona va boshqa shaharlarda ovoz bergan fuqarolarning aksariyati Qozog’iston uning boshqaruvi davrida ko’p yutuqlarga erishganini, Nazarboyev yana bir muddatga loyiq rahbar ekanini aytadi.

Qozog’iston rahbari saylovda mutlaq g’alaba qilishi kutilyapti

Qozog’iston rahbari saylovda mutlaq g’alaba qilishi kutilyapti

2007 yilgi qonunga muvofiq, Nazarboyev prezidentlikka istagan marta harakat qilishi mumkin.

Poygada u bilan yana uch nomzod bellashmoqda: Kommunistik partiyadan Jambil Ahmetbekov, "Vatanparvarlar" partiyasi raisi, senator G’ani Kasimov and Ekologlar Uyushmasi rahbari Melis Yeleusizov.

Amaldagi prezident bilan jiddiy raqobatlasha oladigan nomzodlar yo’q, deydi kuzatuvchilar. Melis Eleusizov Nazarboyevga ovoz bergani ma’lum.

Nursulton Nazarboyev rahbarlikka 1989 yilda kelgan, Qozog’iston Sovet Sotsialistik Respublikasi Kommunistik Partiyasining birinchi kotibi sifatida.

Qozog’iston rahbari saylovda mutlaq g’alaba qilishi kutilyapti

Qozog’iston rahbari saylovda mutlaq g’alaba qilishi kutilyapti

Oradan ikki yil o’tib Sovet Ittifoqi parchalandi. Nazarboyev mustaqil Qozog’iston prezidentiga aylandi.

1995 yilgi referendum natijasida uning muddati 2000 yilgacha uzaytirildi.

Shundan beri u rahbarlikka yana ikki bor saylandi. Lekin mamlakatda shu paytgacha o’tgan biror saylov xalqaro me’yorlarga javob bermagan.

Nazarboyevning ta’kidlashicha, bugungi tadbirda fuqarolar jamiyat barqarorligi, birdamlik va elatlar-aro do’stlik uchun ovoz berdi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, o’tgan yili Qozog’iston raislik qilgan bu guruh, jarayonni kuzatish uchun mamlakatga 300 vakil jo’natgan.

Tashkilot vakili Yanesh Lenarchich, jurnalistlar bilan suhbatda, Qozog’iston so’nggi payt demokratik reformalardan chekinayotganini, so’z va matbuot erkinligi bosim ostida ekanini qayd etgan.

Muxolif partiyalar prezident saylovlari erta o’tkazilayotganini qoralab, tadbirni boykot qilishga chaqirgan. Saylovlar Nazarboyevning muddatini 2020 yilgacha uzaytirish haqidagi chaqiriqlarga javoban, atigi ikki oy oldin e’lon qilingan edi.

24-25 mart kunlari Ostonada bo’lib, Qozog'iston rasmiylari va fuqaro jamiyati faollari bilan uchrashgan AQSh diplomati Robert Bleyk erkin va adolatli saylovlar zaruratini eslatgan.

Muxolifat vakillarining aytishicha, Qozog’istonga katta sarmoya olib kirgan Qo’shma Shtatlar saylov “soxta” ekanini bila turib, indamayapti.

XS
SM
MD
LG