Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan


Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligining tasdiqlashicha, hibsdagi o'zbekistonliklar vataniga ekstraditsiya qilingan. O'zbekistonda esa har doimgidek bu borada biror rasmiy og'iz ochmaydi.

Gap 32 kishi taqdiri istida ketmoqda. Ulardan 28 nafari ekstraditsiya qilingan, qolganlarga nima bo'lishi noma'lum.

Mahbuslardan biri va Qozog'istondan boshpana ololmagan Shuhrat Xolboyevning rafiqasi Rita Abishevaga Almati prokuraturasida erining ekstraditsiya qilinganini aytishgan.

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

"Amerika Ovozi" bilan telefon orqali (rus tilida tepadagi audioda) gaplashar ekan, ayol shokda ekanini aytadi.

"Biz umid qilgan edik. Dodimizni butun dunyo eshitdi, yordam berishadi, Qozog'iston bizga rahm qiladi deb o'ylagan edik. Lekin bugun menga prokuratura rasmiysi Tashkenbay Aubakirov "eringni endi O'zbekistondan qidir" deb aytdi. Ishongim kelmayapti. Balki mahbuslarni qayerdagi yashirib qo'yishgandir degan xayolga borayapman", - deydi Rita Abisheva.

Ma'lumot so'rab, shahar prokuraturasiga murojaat qilinganida hech kim javob bermadi. Mahbuslarning ayollari BMT qochqinlar idorasidan ko'mak kutmoqda.

Mahbuslar O'zbekistondan diniy tazyiqdan qochib kelgan va vatanga majburan qaytarilsa, u yerda qamoqqa olinib, qiynoqqa solinishi tayin, deydi huquq faollari.

Inson huquqlari bo'yicha xalqaro tashkilotlar Qozog'iston hukumatini mahbuslarni O'zbekistonga ekstraditsiya qilmaslikka chaqirib kelayotgan edi.

"Xalqaro majburiyatlaringizni bajaring", - deya talab qo'ygan.

Qiynoqlarga qarshi kurashuvchi ACAT-France, Xalqaro Amnistiya, Markaziy Osiyo Inson Huquqlari Uyushmasi, "Human Rights Watch", Inson Huquqlari Xalqaro Federatsiyasi bu hafta Parijdan Ostonaga mana shunday mazmunda qo'shma maktub yo'llagan edi.

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston BMTning Qiynoqlarga Qarshi Qo'mitasi qo'ygan talablarga rioya qilishi lozim, demak, bu insonlarni badarg'a qila olmaydi, deyiladi bu xatda.

Bu o'zbekistonliklar chet eldan boshpana so'ragan va qo'mita ularning ishini ko'rib chiqayotgan edi.

Qiynoqqa solinishi mumkin ekan, ularni vatanga qaytarish xalqaro qonunlarga ziddir deya eslatadi huquq tashkilotlari.

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

“O'zbekistonda qiynoqlar sistematik tarzda qo'llanishi sir emas”, - deydi Stiv Sverdlov, "Human Rights Watch" tashkilotining O'zbekiston bo'yicha vakili.

“O'zbekiston hukumati bu insonlarni jinoyatda ayblayotgan ekan, qiynoq xavfi yuqori. Qozog'iston ularni ekstraditsiya qilmasligi shart edi",- deydi Sverdlov.

Xo'sh, bu insonlar o'zi kim degan savol tug'iladi?

32 kishidan ikkisi tojik va ularning barchasi diniy bosim ostida vatanni tark etgan. Hukumatning da'vosi shuki, bu shaxslar aqidaparast va davlatga qarshi harakatlar qilgan.

Mana 10 yildan oshibdiki, O'zbekistonda diniy ayblovlar bilan yuzlab insonlar qamoqqa olingan va ko'pi asossiz ravishda panjara ortiga tashlangan. Mahbuslar qiynoqqa solingan, ayrimlari ularga bardosh bera olmay jon bergan.

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Huquq tashkilotlari O'zbekistonni diniy va siyosiy mahbuslar makoni deya ta'riflaydi.

BMT qo'lida buni tasdiqlovchi hujjatlar, dalillar bor. 2003 va 2007 yillarda Qiynoqlarga qarshi maxsus elchi O'zbekiston turmalarida qiynoq odatiy hol deya hisobotlar bergan.

Elektr toki bilan shokka solish, temir tayoqlar bilan urish, jinsiy zo'rlash, bo'g'ish va ruhiy azob berish kabi usulllar respublikada keng qo'llaniladi, deya yozadi huquq tashkilotlari Qozog'istonga yo'llagan maktubida.

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

“Bu insonlar O'zbekistonga majburan qaytarilsa, ular mana shunday holatlarga duch kelishi aniq", - deydi Kristin Larok, ACAT-France tashkiloti vakili.

O'tgan yili Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilgan va xalqaro maydonda mintaqaviy lider sifatida nom qozonishga urinayotgan Qozog'iston, deya bildiradi bu muassasalar, erkinlik va huquq tarafdori ekanini namoyon etsin va bu borada bergan va'dalarini bajarsin.

Qozog'iston qiynoqlarning oldini olish bo'yicha xalqaro cheklovlarga ko'z yumib kelayotgan davlat, deydi huquq faollari. Shu yilning 30 mayida Xitoyga Ershiddin Isroil ismli uyg'ur ekstraditsiya qilindi. U Urumchida 2009 yilda yuz bergan namoyishlar va etnik nizolar ketidan qochib ketgan. Xitoy hukumati bu voqealarda ayblab, yuzlab uyg'urlarni qamagan va aksariyati qiynoqqa solingani ma'lum.

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

Qozog'iston 28 mahbusni O'zbekistonga qaytargan

2010 yilning noyabrida Qozog'iston O'zbekistonga to'rt kishini jo'natgan. Ularning hammasi BMTdan boshpana so'rayotgan edi. Xurshid Komilov, Saidahmad Xolmatov, Umarali Abdurahmonov va Rasul Rahmonov vatanda sudlanib, 10 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.

2006 va 2008 yillarda ham Qozog'istonda yurgan bir necha o'zbekistonlik vatanga badarg'a qilingan edi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG