Xalqaro tashkilot Qozog'istonga matbuot bobida tanbeh berdi

  • Amerika Ovozi

Xalqaro tashkilot Qozog'istonga matbuot bobida tanbeh berdi

Xalqaro tashkilot Qozog'istonga matbuot bobida tanbeh berdi

Qozog'iston matbuot erkinligi va inson huquqlarini ta'minlash bobida bergan va'dalariga amal qilmayapti. Nyu-Yorkda asoslangan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (Committee to Protect Journalists) shunday bayonot bilan chiqqan.

Misol, Qozog'istonda o'tgan yili internetni nazorat qilishga doir qonun kuchga kirgan. Qo'mita qamoqdagi jurnalistlar ozod qilinishini, ommaviy axborot vositalari erkin faoliyat yuritishini ta'minlashni so'ramoqda.

Bu guruhning ma'lum qilishicha, hozir Qozog'istonda kamida bir jurnalist va bir huquq faoli qamoqda, ikki mustaqil gazeta yopilgan.

Rasmiy Ostona bu bayonotni asossiz deya, har qanday bahsni oshkora muhokama qilishga tayyormiz, demoqda.

Shu yilning dekabrida Ostonada Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining sammiti rejalangan. Qo'mita bu anjumanda matbuot erkinligi kun tartibiga qo'yilsin deb talab qilgan.

Qozog'iston hozirda xavfsizlik va demokratiyani targ'ib qiluvchi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining raisidir.

O'z xatti-harakati bilan Qozog'iston bu nufuzli idoraning sha'niga dog' tushirmoqda, deyiladi qo'mita hisobotida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG