Nazarboyev prezident saylovlarini ertaroq o’tkazmoqchi

  • Amerika Ovozi

Nazarboyev boshqaruvini uzaytirish taklifi AQSh xavotiriga sabab bo'lgan. Referendum demokratiya yo’lidan qaytish demakdir, deydi Amerika rasmiylari

Nazarboyev boshqaruvini uzaytirish taklifi AQSh xavotiriga sabab bo'lgan. Referendum demokratiya yo’lidan qaytish demakdir, deydi Amerika rasmiylari

Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboyev prezident saylovlarini muddatidan avval o’tkazishga undamoqda.

Aniq sana ma’lum emas, lekin yaqin bir necha oy haqida gap ketmoqda. Rejaga ko’ra, aslida saylov kelasi yil o’tishi kerak, undan keyingi prezident saylovlari 2017 yilga rejalangan edi.

Kecha Konstitutsion sud Nazarboyev boshqaruvini 2020 yilga qadar uzaytirish yoki uzaytirmaslik borasida hukmini e’lon qilgan. Sud nazarida bu tashabbus, ya’ni prezidentlik muhlatini cho’zish konstitutsiyaga zid.

Qozog’iston parlamenti davlatni 1989 yildan beri boshqarib kelayotgan Nazarboyev hokimiyatga uzoqroq qolishi uchun referendum o’tkazishga qaror qilgan va taklif oy boshida Konstitutsion sudga oshirilgan edi.

Nazarboyev prezident saylovlarini ertaroq o’tkazmoqchi

Nazarboyev prezident saylovlarini ertaroq o’tkazmoqchi

Sud hukmini bilgach, Nazarboyev referendum kerak emas, prezident saylovlarini oldinroq o’tkazaylik, degan.

“Birinchi prezident sifatida, xalq manfaatlarini ko’zlagan holda, referendum o’tkazmazlikka qaror qildim” , - dedi Nazarboyev. “Bo’lajak avlodlar uchun nomaqbul namuna ko’rsatish yaramaydi”.

Prezident shu tariqa saylovlarni ertaroq tashkil qilishga va o’z boshqaruv muddatini deyarli ikki yilga qisqartirishga qaror qilgan.

Kuni-kecha AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Qozog’istonda referendum o’tkazish taklifi demokratiya yo’lidan qaytish demakdir, degan edi.

Tahlilchilar nazarida xalq orasida otaxon deya tanilgan Nazarboyev har qanday ssenariyda, baribir g’alaba qozonishini biladi.

Qozog’iston xalqi rahbarni qo’llab-quvvatlab keladi. Lekin davlatda muxolifat yo’q hisob, faqat bir partiya hukmron.

Shu paytgacha kechgan saylovlarni xalqaro kuzatuvchilar biror marta erkin, adolatli deya tan olmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG