Qozog’istonda parlament saylovi, muxolif partiyalar nimaga qodir?


Qozog’istonda parlament saylovi, muxolif partiyalar nimaga qodir?

Qozog’istonda parlament saylovi, muxolif partiyalar nimaga qodir?

Qozog’istonda bugun, 15-yanvar kuni, parlament saylovlari. Tahlilchilar fikricha, jarayon jamoatchilikka biror yangilik olib kelmaydi. Prezident Nursulton Nazarboyev yetakchi “Nur Otan” partiyasining g’alaba qilishi kutilmoqda.

Muxolifatning saylovdagi ishtiroki cheklangan, saylov oldidan muxolif arboblarga turli ko’rinishdagi tazyiqlar qo’llangani haqida xabarlar bor.

Muxolif “Xalq maydoni” harakatining ikki faoli turli ayblar bilan hibsga olingan, “Ruhoniyat” esa saylov komissiyasini sudga bergan. Ayrim oppozitsion partiyalar saylovda nomzodlari asossiz ravishda qayd etilmaganini da’vo qiladi.

Nazarboyev parlamentni tarqatib yuborgani bois saylov muddatidan oldin o’tkazilmoqda.

Tarqatilgan parlament, asosan, Nazarboyev yetakchi “Nur Otan” partiyasi vakillaridan tashkil topgan edi. Bu galgi natijalar ham shunday bo’lishi kutilmoqda.

Siyosatshunos Do’sum Satpayev:

“Avvalgi saylovdan farqi shunda bo’ladiki, yaqinda konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishga ko’ra, parlament quyi palatasi kamida ikkita partiyadan tashkil topishi kerak. Tabiiyki, unda “Nur Otan” ko’pchilikni tashkil etadi. Ikkinchi partiya masalasiga kelsak, bu “Oq Yo’l” bo’lishi kutilmoqda. Bu partiya hokimiyatdagi partiyaning “ukasi” bo’lishi mumkin. Hech kim uning parlamentda “Nur Otan” bilan keskin qarshilikka borishini kutmayapti”.

Uningcha, rahbariyatga keskin muxolif partiyalar saylovga yaqinlatilmagan. Siyosatshunos Qozog’istondagi muxolifatni uch guruhga bo’ladi.

“Birinchisi tuzum ichidagi muxolifat, masalan, Qozog’iston milliy sotsial-demokratik partiyasi. U avvalgi saylovlarda ham ishtirok etgan, qayddan o’tkazilgan, hukumatni ochiq tanqid qilib turadi, lekin baribir qoidalarga ko’ra faoliyat yuritadi. Ikkinchi toifada boshliqlar bilan kelishmaydigan, ro’yxatga olinmaganlat turadi. Masalan, Muxtor Ablyazovga qarashli ekani aytilayotgan “Olg’a” partiyasi. Bular amaldagi siyosiy tuzumga mutlaqo qarshi, biroq kurashda ishtirok etish uchun qonuniy maqomdan mahrum qilingan. Yaqinda yuzaga kelgan uchinchi muxolifat esa kelajakni faqat milliy yoki diniy yo’nalishda ko’ruvchi guruhlardir”, - deydi Satpayev.

Dekabr oyida Janao’zenda kuzatilgan neftchilar namoyishining kuch bilan bostirilib, 15 namoyishchi o’lgani bu davlat barqaror ekani haqidagi tasavvurni o’zgartirgan.

Qozog’istonda parlament saylovi, muxolif partiyalar nimaga qodir?

Qozog’istonda parlament saylovi, muxolif partiyalar nimaga qodir?

Nemis jurnalisti Markus Bensman so’zlariga ko’ra, “Janao’zen” saylov oldidan yo’l qo’yilgan xato edi. Bu voqea saylovoldi manzaraga ta'sir qilmay qolmadi.

Chiqishlar ketidan muxolifat jonlanib, “Nur Otan”ga nisbatan norozilik kuchaygan.

Lekin tahlilchilar nazarida norozilik ko'lami u qadar keng bo'lmaydi.

"Deylik, “arab bahori” qaytarilishi juda qiyin. Chunki oppozitsiyaning o’zi qarama-qarshilik domiga tortilgan. Aholini birlashtiruvchi kuchning o’zi yo’q”, - deydi Satpayev.

Yaqinda prezident Nazarboyev parlament tomonidan "elboshi" degan maqom bilan taqdirlandi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG