Qozog'iston qamoqxonasida 16 mahbus halok bo'lgan

  • Amerika Ovozi

Balxash Qarag'anda viloyatida joylashgan, taxminan 70 ming aholi yashaydi

Balxash Qarag'anda viloyatida joylashgan, taxminan 70 ming aholi yashaydi

Qozog'iston Adliya vazirligining bildirishicha, Balxash ko'li bo'yidagi turmada qo'chishga uringan 16 mahbus, buning uddasidan chiqa olmagach, o'zini portlatib yuborgan.

Ular avval qo'riqchilarga hujum qilgan, keyin esa qamoqxonasidagi kiyim-kechak fabrikasiga o'tgan, deyiladi vazirlik bayonotida. Bir qo'riqchi o'ldirilgan.

Maxsus kuchlar safarbar etilgan, ular imoratga yaqinlashayotgan paytda mahbuslar kislorod ballonini portlatib, o'zlarini ham o'ldirgan.

Ular og'ir jinoyatlar bilan qamalgan shaxslar, deydi rasmiylar, jumladan qotillik, jinsiy tajovuz va o'g'rilik.

Hukumat bundan boshqa ma'lumotlarni oshkor etmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG