Qozog’istonda diniy targ'ibotga qarshi choralar

  • Amerika Ovozi

Qozog’istonda diniy targ'ibotga qarshi choralar

Qozog’istonda diniy targ'ibotga qarshi choralar

Qozog’iston parlamenti quyi palatasi chet el diniy targ'ibotchilarining faoliyatini cheklovchi qonun loyihasini ma’qulladi.

Senat ham uni osonlikcha tasdiqlashi va prezident Nursulton Nazarboyevga imzo uchun oshirlishi kutilmoqda.

Loyihaga ko’ra, missionerlar yilda bir bor ro’yxatdan o’tishi kerak.

“Konstitutsiyani oyoqosti qilgan” va “jamoat tinchligini behurmat qilgan”lar darrov Qozog’istondan haydaladi va davlat idoralarida ibodat-namoz uchun xonalar ajratish taqiqlanadi.

Rasmiylar buni Qozog’istonning nochor janubida, Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududida ildiz otib borayotgan radikal islomga qarshi muhim chora, deb ta’riflaydi.

Huquq himoyasi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar qonun loyihasini tanqid qiladi, chunki diniy erkinlik toptalishi, ayniqsa, nasroniylar haq-huquqi poymol etilishi mumkin.

Qozog’istonda aholining 70 foizi musulmonlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG