Qozog’istonda konchilar isyon ko’tardi, o’lganlar bor

  • Amerika Ovozi

Qozog’istonda konchilar isyon ko’tardi, o’lganlar bor

Qozog’istonda konchilar isyon ko’tardi, o’lganlar bor

Qozog’iston g’arbida bugun neft koni ishchilari politsiya bilan to’qnashib, 10 kishi o’lgan.

Janaozen shahridagi norozilik chiqishlarida yana bir necha kishi, jumladan, huquq-tartibot xodimlari jarohatlangan, deydi Bosh prokuror Asqat Daulbayev.

“Uzenmunaygaz” konchilari yarim yildan beri ish sharoiti va oylikni yaxshilashni talab qilib, chiqish qiladi.

Ish tashlagani uchun yozda qariyb ming xodim haydalgan. Prokuratura tergov boshlagan.

Rasmiylarning aytishicha, shahar markazida o’rnatilgan o’tovlarni buzib tashlagach, mushtlashuv boshlangan. Lekin guvohlardan biri deydiki, xavfsizlik kuchlari odamlarga qarata o’t ochgan.

“Associated Press” axborot agentligi uzatgan videoda o’q tovushini eshitish mumkin, biroq rasmiylar militsiya o’t ochmagan, deya ishotiradi. Ayrim binolarda yong’in boshlangan.

Bu olishuv Qozog’iston mustaqilligining 20-yilligiga to’g’ri keldi.

Neft va gazga boy mamlakat Markaziy Osiyoning eng taraqqiy etgan a’zosi hisoblanadi. 17 million aholisi bor davlatda xuruj, isyon kamdan-kam uchrab kelar edi, lekin joriy yilda portlash va otishmalar faollashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG