Keniyadagi havo halokatida ichki xavfsizlik vaziri o’lgan


Keniya Qizil Xoch jamiyati xodimlari halokat ro'y bergan joyda, Keniya, 10-iyun, 2012-yil

Keniya Qizil Xoch jamiyati xodimlari halokat ro'y bergan joyda, Keniya, 10-iyun, 2012-yil

Keniyada vertolyot qulab, Ichki xavfsizlik vaziri Jorj Saytoti, bir necha rasmiy va yana to’rt odam o’lgan.

Nayrobi yaqinida ertalab ro’y bergan halokat sabablari aniqlanmoqda.

O’lganlar (olti kishi) orasida uchuvchilar va ikki politsiyachi bor.

Avval vitse-prezident bo’lib ishlagan, 66 yoshli Saytoti kelasi yilgi prezident saylovlarida qatnashishi kutilgan edi.


Bosh vazir Rayla Odinga voqeani “fojea” deya ta’riflamoqda.

“Ikki kun oldin Saytoti bilan ko’rishib, tinch saylovlari zarurati haqida gaplashgan edik. Professor jarayon osuda o’tishi haqida jo’shqinlik bilan so’zlab, Ichki xavfsizlik vazirligi ko’radigan choralarni tilga olgan edi”, - deydi prezident.

Marhum Keniyada terrorizmga qarshi kampaniyaga zo’r berib, Somalidagi al-Shabab jangari guruhiga qarshi sa’y-harakatlar boshida edi.

To’rt yil oldin shu kuni Keniyada boshqa samolyot qulab, Vazirlar Mahkamasi vakillari nobud bo’lgan edi.

XS
SM
MD
LG