Kerri Parijda Abbos bilan yana uchrashdi

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Parijda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashmoqda, 19-fevral, 2014-yil

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Parijda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashmoqda, 19-fevral, 2014-yil

AQSh davlat kotibi Jon Kerri bir haftadan beri xorijiy safarda. Bugun u Parijda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan yana ko’rishdi.

Davlat departamenti rasmiylaridan birining aytishicha, ikki arbob kecha ham uchrashib, Isroil-Falastin tinchlik muzokaralari xususida gaplashgan.

Uch yillik tanaffusdan so’ng o’tgan yoz jonlangan muloqot hozircha kutilgan natija bermayapti.

Tomonlar to’qqiz oy, 29-aprelgacha muzokara qilishga va biror bitimga erishishga kelishgan.

Biroq shunda ham Abbos nazoratidan chiqqan va XAMAS boshqaruvi ostidagi G’azo Sektorining taqdiri nima bo’lishi ma’lum emas.

O’zaro kelishuvga ko’ra, Isroil qamoqdan falastinlik mahbuslarni chiqarishga rozi bo’lgan va bir nechtasini ozod etgan. Falastin esa Isroildan istilo qilingan yerlarda qurilishni to’xtatishni hozircha talab qilmaslikka ko’ngan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG