Xitoy AQShga: Suverenitet masalasida pozitsiyamiz qat'iy

  • Amerika Ovozi

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Vang Yining ta'kidlashicha, uning mamlakati o'z suverenitetini himoya qilish ahdida qat'iy va bu o'zgarmas pozitsiyadir.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Janubiy Xitoy dengizidagi tortishuvlar, shuningdek, iqtisodiy hamkorlik va Shimoliy Koreyaning yadro dasturini muhokama qilish uchun Pekinga borgan.

"Xitoy dengizdagi orollarni o'zlashtirib, keng ko'lamda qurilish ishlarini olib borayotganidan tashvishdamiz", - dedi AQSh bosh diplomati.

Xitoy muloqotga tayyorligini bildirsa-da, Bosh vazir Vang Yiga ko'ra, qurilishlar mamlakat qonunlari va suvereniteti doirasida olib borilmoqda va ularni to'xtatish niyati yo'q.

Janubiy Xitoy dengizidagi mayda orollarga azaldan Xitoy qatorida Filippin, Vyetnam, Malayziya, Bruney va Tayvan da'vogarlik qiladi. Vashington nazarida masala mintaqaviy tashkilotlar doirasida hal qilinishi va, muhimi, dengizdagi savdo yo'llaridan barcha birdek foydalana olishi lozim.

Harakatlanish erkinligini ta'minlash uchun AQSh Mudofaa vazirligi harbiy kemalarni yuborish haqida o'ylanmoqda. Xitoy nazarida bu provokatsiya.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG