Kerri Xitoy rasmiysini o'z uyida qabul qildi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (o'ngda) Xitoy Davlat maslahatchisi Yan Dzechini Bostondagi uyida mehmon qilmoqda, 18-oktabr, 2014-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (o'ngda) Xitoy Davlat maslahatchisi Yan Dzechini Bostondagi uyida mehmon qilmoqda, 18-oktabr, 2014-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Bostondagi uyida ilk bor norasmiy shaklda Xitoy rahbarlaridan birini qabul qildi. Muloqot mazmunga boy bo'ldi, deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Kerri va Xitoy Davlat maslahatchisi Yan Dzechi ikki kun davomida ebola va "Islomiy davlat"ga qarshi kurash, Eron va Shimoliy Koreya yadro dasturlariga doir muzokaralar xususida fikr almashdi.

"Ko'p masalalarda AQSh va Xitoy hamkorlik qilmoqda. Ayrim mavzularga doir qarama-qarshi fikrdamiz, ammo muloqot orqali ular bilan shug'ullanyapmiz", - dedi Kerri.

"Osiyo-Tinch okeani mintaqasi muhim hudud bo'lib, ikki davlat hamkorligini oshirishi lozim", - dedi Xitoy maslahatchisi.

Ikki arbob inson huquqlari, Gonkongdagi chiqishlar, kiber-josuslik xususida ham gaplashgan.

Kelasi oy Pekinda Osiyo-Tinch okeani rahbarlarining sammiti bo'lib o'tadi. Ikki mamlakat Prezidentlari Barak Obama va Si Zinpin tadbirdan so'ng alohida muloqot qilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG