Kerri: AQSh va Xitoy 21-asr siyosatini belgilaydi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Xitoyga safaridan oldin bu mamlakat bilan munosabatlarniтп o'ta muhimligini ta'kidladi. Kerri kecha Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo bo'ylab safarga chiqqan.

U Pekinda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotining tashqi ishlar vazirlari majlisida qatnashadi. Keyinchalik Prezident Obama guruh sammitiga borishi kutilmoqda.

Kerriga ko'ra, 21-asr siyosati AQSh-Xitoy munosabatlariga qarab shakllanadi.

"Mamlakatlarimiz jahon ahamiyatiga ega qator masalalarda, jumladan iqlim o'zgarishi va global savdo bobida konstruktiv hamkorlikni o'rnatish imkoniga ega. Biroq inson huquqlari, kiber-josuslik, dengiz xavfsizligi masalalarida qarashlarimiz farqli va bu borada o'z pozitsiyamizdan, munozaradan qaytmaymiz", - dedi Kerri.

Davlat departamenti vakillarining bildirishicha, Kerri Parijda Eron yadro dasturi xususida ham gaplashib, so'ng Ummonda shu masala bo'yicha Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif va Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan uchrashmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG