Breaking News

Amerika bosh diplomati Jon Kerri Moskvaga yo'l oldi


Kerri, xususan, Suriyada "Islomiy davlat" va al-Qoidaga aloqador al-Nusra frontiga qarshi birgalikda kurashish rejasini muhokama qilmoqchi.
Kerri, xususan, Suriyada "Islomiy davlat" va al-Qoidaga aloqador al-Nusra frontiga qarshi birgalikda kurashish rejasini muhokama qilmoqchi.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri 14-15-iyul kunlari Moskvada muzokaralar olib boradi. Ukraina, Suriyadagi nizolar va ikki tomonlama aloqalar kun tartibidagi mavzular.

Kerri, xususan, Suriyada "Islomiy davlat" va al-Qoidaga aloqador al-Nusra frontiga qarshi birgalikda kurashish rejasini muhokama qilmoqchi.

Bosh diplomat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va ehtimol Prezident Vladimir Putin bilan gaplashishi kutilmoqda.

Davlat departamenti matbuot kotibi Mark Tonerning chorshanba, 13-iyul kuni aytishicha, Moskva Damashqni otishmani bas qilishga ko'ndirish va'dasining ustidan chiqmadi.

Lekin, Tonerning so'zlariga ko'ra, Rossiya va Qo'shma Shtatlar hamkorlik qila oladi. Fevralda Suriya yuzasidan erishilgan sulh bunga misol. Kelishuv bot-bot buzilgan bo'lsa-da, yuzlab odamlarning hayotini saqlab qoldi, deydi Toner.

Amerikalik tahlilchi Deyvid Lech nazarida Rossiya o'tgan yilning sentabrida Suriyadagi harbiy mojaroga aralashganidan beri Obama ma'muriyati ko'pincha Moskvaning yo'rig'iga yurishga majbur bo'lmoqda.

Suriya rahbari Bashar al-Assad chorshanba, 14-iyul kuni Amerika matbuotiga bergan interyusida mamlakatdagi urush yaqin oylarda tugashiga ishonch bildirgan. Aynan Rossiyaning aralashuvi g'alabani yaqinlashtirdi, deydi Assad.

Suriya rahbarining aytishicha, Moskva kelgusi siyosiy rejalar, kim rahbar bo'lishini u bilan muhokama qilmagan. Maqsad bir, deydi u, terrorchilarni mag'lub etish va bu masalada Prezident Putin bilan fikrimiz yakdil, deydi Assad. U Suriya xalqiga nisbatan xunrezliklar sodir etgani haqidagi ayblovlarni rad etib, buni isbotlovchi dalillar yo'q, deya qo'shadi.

Suriyada qochqinlar inqiroziga nazar:

Suriyadagi qochoqlar inqirozi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:20 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG