Kerri senatorlarni Eronga sanksiya qo'ymaslikka chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri

AQSh davlat kotibi Jon Kerri

AQSh davlat kotibi Jon Kerri bugun Senatning Bank qo’mitasida Eron bo’yicha hisobot beradi. Kerri qonunchilardan Tehron bilan yadro dasturi mavzusida xalqaro muzokaralar ketayotgan bir paytda unga yangi sanksiyalar qo’ymaslikni so’rashi kutilmoqda.

Davlat departamenti matbuot kotibasi Jennifer Psakining aytishicha, bunday qadam ayni damda xato bo’lar edi.

"Qonunchilar bir oz kutsa, yaxshi bo’lardi. Sanksiyalarni keyinroq joriy etsa ham bo’ladi. AQSh muzokarachilari bu ehtimolni hisobdan chiqargani yo’q. Avval muloqot qanday natija berishini ko’rish kerak", - deydi rasmiy.

Eron P5+1 guruhi vakillari bilan o’tgan hafta Jenevada uchrashgan. Muzokaralar kelasi hafta davom ettiriladi. Guruhga AQSh, Britaniya, Fransiya, Rossiya, Xitoy va Germaniya kiradi.

AQSh Senati Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Bob Menendezning aytishicha, qo’shimcha sanksiyalar Eronni muzokarada murosa qilishga undaydi. Tehron talablarni qabul qilsa, jazo choralari yumshatilishi mumkin, deydi qonunchi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG