Kerri: Eron bilan bitimning siyosiy tomonlariga kelisholmayapmiz

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Shveysariyaning Lozanna shahrida uchrashmoqda, 16-mart, 2015-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Shveysariyaning Lozanna shahrida uchrashmoqda, 16-mart, 2015-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bugun Shveysariyada yana uchrashdi. AQSh va Eron vakillari 31-martgacha yadro dasturi bo'yicha kelishib olishga harakat qilmoqda. Muzokaralarda har ikki tomondan diplomatlar va ekspertlar qatnashmoqda.

Kerrining aytishicha, ba'zi masalalar bo'yicha munozaralar davom etmoqda, asosan siyosiy mavzularda.

"Texnik masalalarda ham kelishmovchiliklar bor, lekin farqlar ko'proq siyosiy. Yadro dasturining tinch maqsadlarga qaratilganini butun dunyoga isbotlash lozim", - deydi Kerri.

Respublikachilar muzokaralarga qarshi. Ularning Senatdagi sardori Mitch Makkonel bayonot chiqarib, Prezident Barak Obamani Eron bilan salbiy bitim imzolashga harakat qilayotganlikda aybladi.

Oq uy Kongressdan Eron yadro dasturi bo'yicha kechayotgan xalqaro muzokaralarga aralashmaslikni so'ramoqda. Obama ma'muriyatining rahbari Dennis Makdono Eron atom dasturiga doir bitimning Kongress tasdig'idan o'tishini talab qiluvchi qonun loyihasini tanqid qildi.

Oq uy vakili qonunchilarga xat yo'llab, hujjatning muzokaralarga salbiy ta'sir qilishini bildirdi. Prezident Obama bu mazmundagi qonun loyihasiga veto qo'yadi, deydi rasmiylar.

47 senator muallifligidagi xatga ko'ra, Amerikaning keyingi prezidenti Eron bilan kelishuvni istalgan payt bekor qilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG