BMT Xavfsizlik kengashi: "Islomiy davlat" insoniyatga qarshi jinoyatlar qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Alan Henning o'tgan yili Suriyada o'g'irlangan. Urush tufayli boshpanasiz qolgan aholi bilan ishlagan. Undan oldin "Islomiy davlat" uch kishining kallasini olgan edi: britaniyalik Deyvid Heyns va amerikaliklar Jeyms Foli va Stiven Sotloff.

"Islomiy davlat" britaniyalik Alan Henning qatl etildi deya e'lon qilarkan, Londonda Bosh vazir Deyvid Kameron bu terror tizimiga qarshi qo'ldan kelgan barcha chorani ko'rishni va'da qilmoqda.

"Henning singari jafokash bir insonni o'ldirgan qonxo'rlar qilmishi uchun javob berishi lozim", - deydi Kameron.

Britaniya aynan qanday chora ko'radi, bu borada hech gap yo'q. Kameron o'z maslahatchilari bilan uchrashgan.

BMT Xavfsizlik kengashi ham "Islomiy davlat" ni qoralamoqda. AQSh ham shu mazmunda bayonot chiqargan.

BMT nazarida insonparvarlik tashkilotlarida ishlagan odamlarning terrorchilar qo'lida halok bo'layotgani insoniyat fojiasidir va "Islomiy davlat" bunday jinoyatlardan toymayapti.

"Islomiy davlat" esa yana bir xorijlik o'limini kutmoqda deya ogohlantirmoqda - amerikalik Piter Kassig.

Tizim AQShdan havo hujumlarini to'xtatishni talab qilmoqda. Lekin prezident Obamaning javobi shuki, terroristlarning hech kimdan biror narsani talab qilishga haqqi yo'q, ular insoniyat dushmani. Ularni yo'q qilish kerak xolos, deydi Obama.

Alan Henning o'tgan yili Suriyada o'g'irlangan. Urush tufayli boshpanasiz qolgan aholi bilan ishlagan. Undan oldin "Islomiy davlat" uch kishining kallasini olgan edi: britaniyalik Deyvid Heyns va amerikaliklar Jeyms Foli va Stiven Sotloff.

"Islomiy davlat" Turkiya chegarasida yaqinlashgan. Suriyaning kurdlar yashaydigan shahri yonida qattiq janglar ketmoqda.

AQSh yordamida kurd jangchilar Kobani shahrini himoya qilmoqda. 160 mingdan oshiq suriyalik Turkiyaga qochib o'tgan.

Xalqaro koalitsiya "Islomiy davlat" ga tegishli nuqtalarni bombardimon qilmoqda. Turkiya ham bu kurashga qo'shilgan. Kobani arabchada Ayn al-Arab deb ham ataladi. Bu shahar ekstremistlarga boy berilmaydi, deydi turk rasmiylari.

Kobani rasmiylari xalqaro yordam oshirilmasa, "holimiz voy" deya madad so'ramoqda. Har bir daqiqa g'animat, qurol kerak, deydi mahalliy qo'mondonlar.

Avstraliya, Daniya va Gollandiya ham havo hujumlarida ishtirok etmoqda.

"Islomiy davlat" o'ldirgan Alan Henning Turkiya-Suriya chegarasida qochqinlar lagerida ishlagan. Ushbu surat o'tgan yili o'sha yerda olingan.

"Islomiy davlat" o'ldirgan Alan Henning Turkiya-Suriya chegarasida qochqinlar lagerida ishlagan. Ushbu surat o'tgan yili o'sha yerda olingan.

Suriyaning Kobani shahridagi manzara, 3-oktabr, 2014

Suriyaning Kobani shahridagi manzara, 3-oktabr, 2014

Suriyaning Kobani shahridagi manzara, 3-oktabr, 2014

Suriyaning Kobani shahridagi manzara, 3-oktabr, 2014

Turkiya qo'shinlari

Turkiya qo'shinlari

Suriyaning Kobani shahridagi manzara, 3-oktabr, 2014

Suriyaning Kobani shahridagi manzara, 3-oktabr, 2014

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG