Kerri: Falastin davlat maqomini olmasa, Isroilda tinchlik bo'lmaydi

  • Amerika Ovozi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu (o'ngda) va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu (o'ngda) va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, agar Falastin Muxtoriyati qulasa, Isroil xavfsizligi tahdid ostida qoladi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Kerrining bu so'zlariga qo'shilmaydi.

"Isroil hech qachon ikki millatli davlat bo'lmaydi. Falastinliklar tinchlikni xohlasa, buni namoyish etishi kerak, ammo hozircha buning aksiga guvoh bo'lyapmiz", - dedi u Vazirlar mahkamasidagi majlisda.

Netanyaxuga ko'ra, Falastin Muxtoriyati oddiy arablarni Isroilga qarshi gijgijlamoqda.

Kerri Vashigtondagi Brukings tahlil markazida Isroil-arab tinchlik jarayonini jonlantirish zarurati haqida gapirgan.

U falastinliklarning so'nggi bir necha oy davomida Isroilda yahudiylarga hujumlarini hamda Netanyaxu hukumatining istilo qilingan yerlarda posyolka qurilishlarini davom ettirayotganini qoraladi.

"Falastin davlat maqomini olmasa, Isroilda tinchlik bo'lmaydi", - dedi Kerri.

Unga ko'ra, agar muxtoriyat qulasa, Falastin xavfsizlik kuchlari tarqalib ketishi mumkin, shunda Isroil xavfsizlikni ta'minlash uchun G'arbiy Sohilga minglab qo'shin kiritishga majbur bo'ladi.

Kerrining aytishicha, Isroil va Falastin o'rtasida ishonchsizlik darajasi eng yuqori nuqtaga yetgan.

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos xalqining umidsizlanganini alam bilan tilga oldi, deydi AQSh davlat kotibi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG