Jon Kerri: Vashington Qrimdagi referendum natijasini tan olmaydi

  • Amerika Ovozi

AQSh elchisining Londondagi qarorgohida o’tayotgan bu muloqotda Qrimdagi referendum tilga olindi. Hududda yakshanba kuni Ukrainadan ajralib Rossiyaga qo’shilish masalasi xalq hukmiga havola qilinadi.

AQSh elchisining Londondagi qarorgohida o’tayotgan bu muloqotda Qrimdagi referendum tilga olindi. Hududda yakshanba kuni Ukrainadan ajralib Rossiyaga qo’shilish masalasi xalq hukmiga havola qilinadi.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Londonda uchrashib, Ukraina muammosini muhokama qildi. Lavrov so’zlariga ko’ra, ahvol “og’ir” va ko’p vaqt qo’ldan boy berilgan.

Uning aytishicha, Qrimdagi tanazzul Moskvaning aybi emas.

AQSh elchisining Londondagi qarorgohida o’tgan bu muloqotda Qrimdagi referendum tilga olindi. Hududda yakshanba kuni Ukrainadan ajralib Rossiyaga qo’shilish masalasi xalq hukmiga havola qilinadi.

Bu orada, prezident Obama Qrimdagi taranglikni diplomatik yo’l bilan hal qilishdan umidvor. U bugun Vashingtonda jurnalistlar bilan uchrashuvda shu haqda gapirdi.

Qo’shma Shtatlar va Yevropa rahbarlari referendumni konstitutsiyaga zid hisoblamoqda. Vashington talqiniga ko'ra, Rossiya Qrimdagi referendumni yoqlashi, yarimorolni Ukrainadan tortib olish bilan barobar. Hudud bo'lingan taqdirda Amerika Moskvani jiddiy asoratlar haqida ogohlantirayapti.

Kerri va Lavrov uchrashuvi ortidan rus mulozimi yondashuvdagi farqli tan oldi, lekin muloqot zaruratini eslatdi. Lavrovning aytishicha, Rossiya Qrim xalqining qarorini hurmat qiladi.

Rossiya mulozimlarining so'zlariga ko'ra, Ukrainada hukumat ag’darilishi ketidan Qrim o’z taqdirini o’zi hal qilishga haqli. Shuningdek, Moskva kecha Ukraina bilan chegaraga minglab qo’shin safarbar etganini tan olgan. Maqsad esa ikki haftalik harbiy mashqlar, deydi rus rasmiylari.

Davlat departamentining bildirishicha, Vashington Rossiya qo’shinlari harakatidan xavotirda. Hozirning o’zida Qrimda 20 ming rus zobiti bor.

Joriy oyda Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hududlarga, oldindan ogohlantirmay, ikki bor askar jo’natgan. Oq uy nazarida harbiylar safarbar etish mintaqa tinchini buzishi, atayin qilinayotgan tahdid sifatida talqin qilinishi mumkin.

Amerika bosh diplomati, shuningdek, bugun Britaniya Tashqi ishlar vaziri Vilyam Xeyg, bosh vazir Deyvid Kameron bilan uchrashdi.

Kecha Ukraina vaqtli bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiya elchisi Vitaliy Churkin bilan tortishgan; Rossiya urush boshlamoqchimi? deya so’ragan.

Churkinning aytishicha, Kreml va Rossiya ahliga urushning keragi yo’q. Biroq Amerika va Yevropa rahbarlari Moskvani Ukrainaning ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblaydi. Qrim Ukrainadan ajralib chiqsa, Kreml G’arbning sanksiyalari bilan yuzlashishi mumkin.

Lavrov bu tanqidlarni samarasiz, teskari natijaga yetaklovchi, deya ta'riflamoqda. Bundan hech bir tomon naf ko'rmaydi, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG