Kerri va Lavrov Suriya mavzusida gaplashdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Qo'shma Shtatlar Rossiyaning Suriyadagi mojaro bo'yicha harbiy aloqa o'rnatish taklifini o'rganmoqda. Kerri kecha Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali shu mavzuda gaplashgan.

"Men Rossiyaning Suriyadagi reja va maqsadlarini aniq va ravshan bilishni istadim", - deydi Kerri.

Unga ko'ra, AQSh va Rossiya muloqot orqali har qanday tushunmovchilikning oldini olishi kerak.

Kerri AQSh Rossiyaning Suriyada faollashganidan xavotirda ekanini Lavrovga ma'lum qildi.

"Rossiya Suriya Prezidenti Bashar Assadni qo'llab-quvvatlashda davom etib, mojaroning kuchayish ehtimolini oshirmoqda, ekstremizmga qarshi kurashda umumiy maqsadlarimizga pand bermoqda", - deydi Kerri.

AQSh ma'lumotiga ko'ra, so'nggi kunlarda Rossiya Suriyaning sohil bo'yidagi Latakiya shahriga tanklar, harbiy maslahatchilar, texniklar, qo'riqchilar yuborib, harbiy-havo bazasini yaratishga intilmoqda. Biroq Rossiya rasmiylari bu da'volarni inkor etmoqda.

Rossiya 1971-yildan beri Tartus shahrida harbiy-dengiz bazasiga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG