Amerika Isroil va Falastinni tinchlik muzokaralari boshlashga undamoqda

  • Amerika Ovozi

Ummon, 29-iyun, 2013

Ummon, 29-iyun, 2013

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bu haftani Iordaniya va Isroilda o’tkazdi. Bugun Ummonda Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan ikkinchi bor uchrashdi.

Maqsad – uni Isroil bilan muzokaralarni qayta boshlashga ko’ndirish. Kerri bugun Quddusga qaytib, yahudiy davlat rasmiylari bilan gaplashadi.

Mahmud Abbos va Benyamin Netanyaxu tinchlik yo’lida muloqotni jonlantirmasa, vaziyat mavhum qolaveradi va bundan hamma birdek zarar ko’radi, deydi Kerri.

Vaziyat tobora murakkab. Falastinning G’azo qismi Hamas guruhi qo’lida. Bu harakat Mahmud Abbosga qarshi pozitsiyada va uni G’arb hamda Isroil bilan muzokara qilmaslikka chaqirib keladi. Hamas lideri Ismoil Hamiya deydiki, Abbos “Amerika va yahudiylar gapiga laqqa tushib, o’z xalqiga xiyonat qilmasligi kerak”.

AQSh nazarida esa Hamas Falastin-Isroil mojarosini yechish yo’lidagi asosiy to’siqlar bo’lib qolmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG