Breaking News

Kerri Isroil-Falastin muloqotini qayta jonlantirmoqchi


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharq safarida
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharq safarida
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri yana Yaqin Sharqda. Bu safar u Isroil va Falastin o’rtasida to’xtab qolgan tinchlik muzokaralarini qayta jonlantirish niyatida. 2010-yil Isroil Falastin hududida yahudiy posyolkalarini qurishni davom ettirishi oqibatida muloqot uzilib qolgan edi.

Kerri yana Yaqin Sharqda, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00
Yuklab oling

Kerri o’tgan oy boshlangan muloqotda olg’a siljish kuzatilganini ta’kidlaydi. Unga ko’ra, yana biroz harakat orqali Falastin mojarosiga so’nggi nuqtani qo’yish imkoniyati qo’lga kiritilishi mumkin.

Muzokaralar boshida Yaqin Sharq to’rtligi nomini olgan guruh turibdi. Unga AQSh, BMT, Yevropa Ittifoqi va Rossiya kirgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov muloqot Arab Ligasi rejasi asosida amalga oshayotganini aytadi.

“Bu harakat Arab Ligasining Tinchlik tashabbusi doirasida olib borilmoqda. Unda o’zaro hudud ayriboshlash ham ko’zda tutilgan, ya’ni Isroil G’arbiy Sohildagi ayrim yahudiy posyolkalarini o’zida saqlab qolishi mumkin”, - deydi Lavrov.

Isroil Adliya vaziri Tzipi Livni esa xalqaro hamjamiyatning roliga urg’u beradi.

“Yaqin Sharq tinchlik jarayonida xalqaro hamjamiyatning rolini yuqori baholayman. Ayni paytda ikki tomonlama to’g’ridan to’g’ri muloqot qayta boshlanadi, deb umid qilaman. Ammo xalqaro muhit va qo’llab-quvvatlov ham biz uchun juda muhim”, - deydi Isroil rasmiysi.

Prezident Barak Obama Isroilning ham, Falastinning ham mustaqilligini ta’minlovchi “Ikki davlat” yechimini olg’a suradi. Amerika universiteti professori Akbar Ahmed ushu rejaning amalga oshishidan umidvor.

“Ikkinchi muddatga saylangan prezidentlar, odatda, yanada qat’iyroq ishlaydi. Chunki ular o’zlaridan yaxshi nom qoldirishni istaydi. Obamaga endi Davlat kotibi Jon Kerri ham qo’shilgan. Kerri katta salohiyatga ega, Isroil va Falastin o’rtasidagi tinchlikning ahamiyatini yaxshi tushunadigan davlat arbobi”, - deydi professor Ahmed.

Ahmedning aytishicha, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ham tinchlikning qadrini yaxshi biladi.

“Isroilliklar kengroq o’ylashi kerak. Uzoq muddatni ko’zlashi kerak. Mintaqada tinchlikka erishish ularning uzoq muddatli milliy manfaatlari uchun juda muhim”, - deydi professor Ahmed.

AQShning Isroildagi sobiq elchisi Daniel Kurtzerga ko’ra, muloqotga Arab bahorining ham ta’siri bor.

“Bu surunkali mojaro. Shu paytgacha hech kim uni hal eta olmagan. U AQSh manfaatlariga ham putur yetkazmoqda. Arab dunyosi nazarida biz ham muammoning bir qismimiz”, - deydi sobiq elchi.

Agar Kerri muloqotni yana yo’lga qo’ya olsa, bu AQShning kengroq tashqi siyosatiga ham yordam beradi, deydi Kurtzer.

“Bu arab dunyosidagi noroziliklarni ham pasaytirishga hissa qo’shadi. Keyin Misr va Suriya kabi boshqa dolzarb masalalar ustida bemalol ishlash uchun vaqtimiz bo’ladi”, - deydi AQSh sobiq rasmiysi.

Kerri chorshanba kuni Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Nasser Juda va Arab Ligasi rasmiylari bilan uchrashishi belgilangan. Muloqotda Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni va Suriyadagi vaziyat muhokama qilinishi kutilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG