Falastin-Isroil muloqotida siljish?

  • Amerika Ovozi

Falastinlik ayol G'arbiy sohilda isroillik harbiylar vayron qilgan uyini ko'zdan kechirayapti. 31-mart, 2016-yil.

Falastinlik ayol G'arbiy sohilda isroillik harbiylar vayron qilgan uyini ko'zdan kechirayapti. 31-mart, 2016-yil.

Isroilda mudofaa vaziri lavozimiga tasdiqlangan ultramillatchi arbob Avigdor Liberman Falastin davlatchiligini qo’llab-quvvatlashi mumkin. Uning bu so'zlari ketidan Falastin-Isroil tinchlik muzokaralarini jonlantirishga imkon tug’ildi.

Yillar davomida kelisha olmayotgan Isroil va Falastin rasmiylarining so’nggi bor uchrashganiga ikki yildan ortiq vaqt o’tdi. Bu davr ichida yahudiylar va arablar o’rtasida to’qnashuvlar odatiy holga aylandi.

Biroq arablarga qarshi keskin izohlari bilan tanilgan sobiq tashqi ishlar vaziri, endi Mudofaa vaziri Avigdor Liberman qarashlarida o’zgarish kuzatilib, umid uchqunlari paydo bo’ldi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri mojaroga yechim topilishidan umidini uzmayapti.

"Isroil va Falastin, mintaqa ehtiyojlariga javob beruvchi bitimga erishish uchun Fransiya, Misr, boshqa arab davlatlari bilan, jahon hamjamiyati bilan bu borada hamkorlik qilishga tayyorman”, - dedi u.

Jarayon joyidan siljishiga umid paydo bo’lgani bilan, deydi ayrim tahlilchilar, tinchlikka doir olamshumul kelishuvni kutmaslik kerak.

Kerri 3-iyun kuni Parijda bo’ladigan va Isroil-Falastin tinchlik jarayonini jonlantirishga qaratilgan majlisda qatnashadi.

Unda 20 ga yaqin mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi, Isroil va Falastin rasmiylari taklif etilmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG