Kerri Putin bilan to'rt soat muloqot qildi

  • Amerika Ovozi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (markazda), AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Taft (chapda), Sochi, 12-may, 2015-yil

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (markazda), AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Taft (chapda), Sochi, 12-may, 2015-yil

Kecha Sochi shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan to'rt soat muloqot qilgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, hozir Rossiya uchun muhim davr.

"Moskva va Ukrainadagi isyonchilar Minsk bitimini bajarishi lozim", - dedi Kerri.

AQSh davlat kotibi bugun Turkiyaning Antalya shahrida NATOga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari majlisida qatnashmoqda.

Kerri Sochida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ham uchrashgan. Tomonlar muloqotda biror masalaga kelishilgani haqida ma'lum qilgani yo'q. Ukraina, Eron yadro dasturi, Suriyadagi fuqarolar urushi haqida gap ketgan.

Kerri so'nggi bor Rossiyaga ikki yil oldin borgan edi, biroq Ukraina mojarosi ketidan Qo'shma Shtatlar Rossiyani yakkalash siyosatini qabul qildi.

NATO yig'iniga mezbonlik qilayotgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'liga ko'ra, Rossiyaning Ukraina va Gruziyadagi harakatlari xalqaro qonunga javob bermaydi. Kuzatuvchilar nazarida Rossiya bilan aloqalari tiklanayotgan Turkiya Prezident Putinning o'tgan oy 1915-yil voqealarini "genotsid" deb atagani uchun hozir uni tanqid qilmoqda.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari Ukraina armiyasi va isyonchilarni Minsk bitimi shartlarini bajarmayotganlikda, og'ir qurollarini jangovar zonadan olib chiqmaganlikda ayblamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG