Jon Kerri - AQShning yangi Davlat kotibi

  • Amerika Ovozi

Senat Tashqi aloqalar qo'mitasining barcha a'zolari Jon Kerri nomzodligini ma'qullab ovoz bergan. Kongress, 29-yanvar, 2013.

Senat Tashqi aloqalar qo'mitasining barcha a'zolari Jon Kerri nomzodligini ma'qullab ovoz bergan. Kongress, 29-yanvar, 2013.

Massachussetts shtatidan uzoq yillik senator endi AQShning bosh diplomati. Bugun Senat prezident Barak Obamaning bu boradagi taklifini ma'qulladi.

Kerri o'tgan to'rt yildan beri Senatning Tashqi aloqalar qo'mitasiga raislik qilar edi. Ushbu lavozimda dunyo kezgan tajribali arbobdir.

69-yoshli Jon Kerri, Vyetnam urushi qahramoni, 2004-yilda prezidentlikka harakat qilib, respublikachi Jorj Bushga yutqazgan.

Kerri Kongressda ham demokratlar, ham respublikachilar orasida obro'-e'tiborga ega.

1-fevral kuni Kapitoliyda kechgan qasamyod marosimidan so'ng Xillari Klinton davlat kotibi lavozimini Kerriga topshirdi.

Kerri ikki yil oldin mintaqaga safar qilgach Markaziy Osiyo bo'yicha o'z siyosiy takliflari bilan chiqqan. Ular bilan mana bu yerda tanishing.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG