AQSh va Rossiya Suriya bo'yicha hamkorlikni kuchaytirishi kutilyapti

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (o'ngda) Jenevada muloqot olib bormoqda, 26-avgust, 2016-yil.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (o'ngda) Jenevada muloqot olib bormoqda, 26-avgust, 2016-yil.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Jenevada Suriya mojarosi yuzasidan navbatdagi muloqot uchun uchrashdi.

Bundan avval Kerri Saudiya Arabistoniga borib, Suriya ixtilofiga yechim topish haqidagi yangi rejani arab ittifoqchilari bilan muhokama qilgan.

Vashington va Moskvaning yetakchi rasmiylari avvalgi uchrashuvlarda umumiy kelishuvga erisha olmagan edi. Chunki tomonlar Suriya urushida qarama-qarshi guruhlarni qo'llab-quvvatlaydi.

Jeneva muloqoti doirasida har ikki mamlakat diplomatlari Suriya mojarosi yuzasidan o'zaro axborot almashish va harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishi kutilyapti. Shuningdek, "Islomiy davlat" jangari guruhini yakson qilishga alohida e'tibor qaratiladi.

Kerri o'tgan oy Moskvada tadqim qilgan ilk rejaga ko'ra, AQSh va Rossiya "Islomiy davlat"ga qarshi birgalikda havo hujumlarini amalga oshirishi, Suriya havo kuchlari esa bundan boshqa havo amaliyotlariga qo'l urmasligi ko'zda tutilgan edi.

Turkiya harbiylarining shu hafta Suriya chegarasini kesib o'tib, "Islomiy davlat" va kurd guruhlariga qarshi amalyot boshlagani vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Muloqotda shu masala ham tilga olinishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG