Kerri o'nlab mamlakatlar imzolagan savdo kelishuvlarini himoya qildi

  • Amerika Ovozi

Amerika va yana 11 davlat imzolagan Trans-Tinch okeani hamkorligi kelishuvi global iqtisodiyotning 40 foizini qamrab oladi. Ammo Kongress uni tasdiqlaganicha yo'q. 

Amerika va yana 11 davlat imzolagan Trans-Tinch okeani hamkorligi kelishuvi global iqtisodiyotning 40 foizini qamrab oladi. Ammo Kongress uni tasdiqlaganicha yo'q. 

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o'nlab mamlakatlar bilan imzolangan savdo kelishuvlarini himoya qilmoqda. Saylov kampaniyasida ulardan o'rtahol oilalar emas, yirik korporatsiyalar foyda ko'radi, degan bayonotlar yangrayapti.

Kerri so'zlariga ko'ra, AQSh imzolagan bitimlar zavod va fabrikalar yopilishiga, minglab ish o'rinlari xorijga ko'chishiga olib keladi, degan iddaolar asossiz.

Amerika va yana 11 davlat imzolagan Trans-Tinch okeani hamkorligi kelishuvi global iqtisodiyotning 40 foizini qamrab oladi. Ammo Kongress uni tasdiqlaganicha yo'q.

"Oddiy ishchilar, fermerlar, kattayu-kichik bizneslar undan foyda ko'radi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, Trans-Tinch okeani hamkorligi kelishuvi 2030-yilga borib, amerikaliklar daromadini 130 milliard dollarga oshiradi", - deydi diplomat.

Xalqaro valyuta jamg'armasining ogohlantirishicha, AQSh va Yevropada erkin savdoga nisbatan tobora oshib borayotgan qarshilik global iqtisodiy o'sishning beliga tepadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG