Kerri: Afg'oniston hozir juda nozik pallada

  • Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" bilan intervyu, Davlat departamenti, Vashington, 10-oktabr, 2014

"Amerika Ovozi" bilan intervyu, Davlat departamenti, Vashington, 10-oktabr, 2014

Afg'onistonning Hilmand viloyatida bir kishi o'zini politsiya idorasida portlatgan. U va bir zobit o'lgan. Uch kishi og'ir ahvolda.

Lashkargoh shahridagi ichki ishlar boshqarmasiga "formali odam kirib kelib, politsiyachi bilan gaplashayotgan paytda portlagan",deydi guvohlar.

Voqeada Tolibon ayblanmoqda.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri "Amerika Ovozi" bilan suhbatda shunga urg'u berdiki, Afg'oniston bugun juda nozik pallada.

Yangi rahbariyatning har bir qadami uni yo muvaffaqqiyat yo jarlik tomon yetaklashi mumkin, deydi u. Kerri fikricha saylov mashmashasi murosa orqali hal etilgani ulkan yutuq biroq endi hukumatni prezident Ashraf G'ani va Bosh vazir Abdulla Abdulla, ikki turlicha qarashdagi siyosatchilar, birgalikda boshqara olishi kerak.

Kerri ular orasida vositachilik qilgan va tomonlarni yaxshi biladi. Siyosiy qarashlari bir-biriga har doim ham mos kelmasa-da, deydi u, G'ani va Abdulla vatanparvar odamlar va bir yoqadan bosh chiqarib, Afg'onistonni oldinga yetaklashga qodir.

Kerri intervyuda sobiq prezident Hamid Karzayni dono va o'z yurti uchun jon fido qilishga tayyor lider deb atadi. Biroq Vashington Karzay bilan ko'p muhim mavzularda kelisha olmaganini tan oldi. Obama ma'muriyati oxirgi oylarda Karzay bilan aloqani deyarli uzib qo'ygan edi. Yangi rahbariyat kelishini kutayotgan edi. Hozirda Kobul va Vashington orasida xavfsizlik bitimi imzolangan. Afg'oniston Amerika yordamiga muhtoj ekanini, ayniqsa harbiy va iqtisodiy jihatdan uni qo'llashda davom etishini so'ramoqda.

Prezident G'ani imzo chekkan hujjatga ko'ra AQSh shu yil oxirida Afg'onistonda 10 mingga yaqin askar qoldiradi. Jangovar harakatlar to'xtaydi va xalqaro koalitsiya davlatni butkul tark etgan bo'ladi. 31-dekabrgacha chiqib ketilishi kerak.

Uzoq muddatni ko'zlovchi iqtisodiy-ijtimoiy yordam esa davom etadi va uning turli jihatlari hamon muhokamada, deydi Kerri.

Afg'oniston qo'shni Pokiston bilan aloqalarni yaxshilash umidida. Islomobod buni olqishlagan.

Avgust oyidan poytaxt va boshqa shaharlarda Bosh vazir Navoz Sharifga qarshi namoyishlar olib borilmoqda.

Ularga yetakchilik qilayotgan sportchi yulduz va hozirda nufuzli siyosatchiga aylangan Imron Xonni ko'raman deb kelgan olomon bugun bir-birining ustiga chiqib ketib, kamida yetti kishi nobud bo'lgan. 40 dan ziyod odam jarohatlangan.

Halokat Imron Xonning nutqidan keyin haloyiq stadiondan chiqib ketayotgan paytda yuz bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG