Xonanda Anjelika Kidjo "Vijdon elchisi" bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Anjelika Kidjo "Gremmi" musiqali sovrini taqdimotida, Los-Anjeles, 15-fevral, 2016-yil

Anjelika Kidjo "Gremmi" musiqali sovrini taqdimotida, Los-Anjeles, 15-fevral, 2016-yil

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi "Xalqaro Amnistiya" tashkiloti Afrika qit’asida tanilgan qo’shiqchi va kompozitor Anjelika Kidjoning so’z erkinligini himoya qilishga qaratilgan harakatlarini yuqori baholab, "Vijdon elchisi" sovrini bilan taqdirladi.

Benin davlatida tug’ilib o’sgan xonanda avtokratik rahbarlar uchun konsert berishdan bosh tortib, 1980-yillarda mamlakatidan qochgan. Hozir u Nyu-Yorkda yashab, ijod qiladi. Kidjo tuzgan jamg’arma qizlarni o’qitish, Afrikada maktablar qurish bilan shug’ullanadi.

Qo’shiqlarimda erkinlik va inson qadr-qimmati haqida kuylayman”, deydi xonanda “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

“Muxlislarim xonadoniga qo’shiqlarim bilan kirib boraman. Siyosatchilar bilan solishtirganda, san’atkorning kuch-qudrati uning ijodida, kuylarida”, - deydi u.

"Gremmi" mukofoti sohibasi siyosatchi bo’lishni istamayman, deydi, ammo korrupsiyaga botgan Afrika davlatlari muammolarni demokratik ravishda hal qilishidan umidvor.

"Xalqaro Amnistiya"ning "Vijdon elchisi" sovrini bilan yaqin o'tmishda Vatslav Gavel, Nelson Mandela, Au San Su Chi kabi davlat arboblari ham taqdirlangan.

Sovrin Anjelika Kidjoga 28-may kuni Senegaldagi marosim paytida topshiriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG