Xalqaro guruh Koreya yarimorolida urush xavfi haqida ogohlantirmoqda

  • Amerika Ovozi

Oilalar xavotirda, farzandlar armiyaga chorlanishi mumkin

Oilalar xavotirda, farzandlar armiyaga chorlanishi mumkin

Bir oy oldin tomonlar o’q almashib olgan, shundan beri aloqalar o’ta tarang. Hududda tinimsiz harbiy mashqlar o’tkazilmoqda.

Shimoliy va Janubiy Koreya dengiz sarhadlari va qator boshqa masalalar ustida talashar ekan, urush boshlanib ketsa, ajabmas, deyiladi xalqaro tashkilot hisobotida. Buning oldini olish uchun zudlik bilan chora ko’rish zarur, deydi siyosatdonlar.

Bo’hronlarni o’rganuvchi xalqaro guruh (International Crisis Group) Seul va Pxenyanni tinchlanishga undab, o’rtada xalqaro hamjamiyat vositachi bo’lsin, demoqda.

Hududda tinimsiz harbiy mashqlar o’tkazilmoqda

Hududda tinimsiz harbiy mashqlar o’tkazilmoqda

Shimoliy Koreya Sariq dengizda tortilgan chegarani tan olmay keladi. Bu chiziq 1953 yilda Koreya urushi yakuniga yetgach, Qo’shma Shtatlar tomonidan belgilangan.

Ikki davlat hamon urush holatida, chunki yarim asr oldingi mojaro faqat otishmani to’xtatish qarori bilan tugagan. Rasman sulh imzolanmagan. Oilalar xavotirda, yosh yigitlar armiyaga chorlanishi mumkin.

Tahlilchi Daniel Pinkston nazarida AQSh ittifoqchisi Janubiy Koreya hozir chegaraga biror tuzatish kiritadigan kayfiyatda emas.

“Janubiy Koreya taslim bo’lgandek talqin qilinishi mumkin bu qaror. “Shimoliy Koreya agressiv siyosat olib boradi-yu, murosa qilamizmi? deb o’ylaydi janub ahli”, - deya mulohaza yuritadi olim.

Janubiy Koreya 650 ming, Shimoliy Koreya esa taxminan 1 million kishilik armiyaga ega

Janubiy Koreya 650 ming, Shimoliy Koreya esa taxminan 1 million kishilik armiyaga ega

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o’tgan oy o’q almashib, janub tomonda to’rt kishi halok bo’lgan edi. Tomonlar bir-birini mojaroni boshlaganlikda ayblamoqda.

Shundan beri ikki davlat harbiy mashqlar o’tkazish, urushamiz degan da’vatlar bilan band.

Tez orada Shimoliy Koreyada rahbariyat o’zgarishi, boshqaruv Kim Chen Irning kenja o’g’li Kim Chen Unga o’tishi kutilmoqda. Olimlar taxminicha, kommunistik davlat qattiq shovqin ko’tarib, o’zining obro’sini oshirmoqchi.

Tahlilchi, Bo’hronlarni o’rganuvchi xalqaro guruh vakili Daniel Pinkston Vashington va Pekin o’rtaga tushishi kerak, lekin gap asosan Janubiy va Shimoliy Koreyada qolgan, deydi.

Yil boshida Sariq dengizda Janubiy Koreyaga qarashli kema portlab, cho’kkan, 46 dengizchi halok bo’lgan edi. Xalqaro tergov xulosasiga ko’ra, Shimoliy Koreya kemaga hujum qilgan, biroq Pxenyan buni inkor etib keladi.

Bo'hronlarni o'rganuvchi tashkilot quyidagi tavsiyalar bilan chiqmoqda:

1. Shimoliy va Janubiy Koreya Sariq dengizda har qanday harbiy mashqlarni bas qilishi lozim.

2. Tomonlar xalqaro hamjamiyat, xalqaro tashkilotlar vositachiligida muzokaraga kirishshi darkor.

3. Otishmani to'xtatishga doir bitimga qat'iyan amal qilinsin. Hujumdan, agressiv xatti-harakatdan shimol ham, janub ham o'zini tiyishi kerak, deyiladi hujjatda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG