Janubiy Koreya shimol raketasini urib tushirishga tayyor

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreya armiyasining zaxira qismlari

Janubiy Koreya armiyasining zaxira qismlari

AQSh va Janubiy Koreya taxminicha, Shimoliy Koreya dushanba kuni raketa sinovini o’tkazishi mumkin. Bu ikki davlat sinov ehtimoliga tayyor turar ekan, Pxenyan do’q-po’pisa qilishda davom etmoqda.

Shimoliy Koreya qurolida koordinatlar terilganini aytmoqda, biroq bundan ortiq ma’lumot yo’q. Janubiy Koreya raketa janub tomon og’sa uni urib tushiramiz, demoqda.

Mudofaa vazirligi rasmiysining aytishicha, raketa janub tomon o’tishiga xavotir bor, shu sabab barcha mudofaa choralari ko’rilgan.

Dushanba kuni Shimoliy Koreyada bu davlat asoschisi Kim Ir Senning tug’ilgan kuni keng nishonlanadi. Taxmin shuki, sinov bayramdan oldin yoki dushanba kuni o’tkazilishi mumkin.

So’nggi xabarlarga ko’ra, Shimoliy Koreya bir necha o’rta masofali raketasini sharqiy sohillari yaqiniga ko’chirgan. Sinalishi kutilayotgan “Musudan” raketasi yangi bo’lib, 3500 kilometrgacha uchish salohiyatiga ega. Ya’ni, raketa Janubiy Koreya, Yaponiya yoki AQShning Guam hududini nishonga olishga qodir.

AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel Pxenyanni provokatsiyaga berilmaslikka chaqirdi.

"Shimoliy Koreya xavfli nuqtaga yaqinlashmoqda. So’nggi bayonotlari va harakatlari vaziyatni taranglashtirmoqda", - dedi Xeygel.

Seul vaziyatni yumshatish uchun shimol bilan muloqot qilishni taklif etmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG