Krasnodarda suv toshqinlari yuzlab odamni hayotdan olib ketdi

  • Amerika Ovozi

Rossiya janubida suv toshqinlari 150 dan ziyod kishini hayotdan olib ketgan, minglab xonadonlar vayron, minglab odamlar evakuatsiya qilingan.



Ikki kunlik jala, sel va yer ko’chishi oqibatida Krasnodar o’lkasi katta zarar ko’rgan. Jamoat transporti ishdan chiqqan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ofat zonasini ko'zdan kechirib, qutqaruv ishlari to'g'ri yo'lga qo'yilmagani yuzasidan tekshiruv boshlashni buyurdi.

Qora dengiz bo’yidagi yirik port Novorossiyskdan yonilg’i uzatish to’xtab qolgan.

Xususiy mulklar ayniqsa xavf ostida, deydi rasmiylar. O’g’rilik va boshqa jinoyatlarning oldini olish uchun ichki ishlar xodimlari soni oshirilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG