AQShning Toshkentdagi yangi elchisi aloqalarni mustahkamlashga tayyor


AQShning Toshkentdagi yangi elchisi aloqalarni mustahkamlashga tayyor

AQShning Toshkentdagi yangi elchisi aloqalarni mustahkamlashga tayyor

Obama ma’muriyati O’zbekistonga yuborgan yangi vakil, Jorj Krol yaqingacha AQShning Markaziy Osiyo bo’yicha bosh diplomati edi.

Uning shu kunlarda prezident Islom Karimov bilan uchrashib, ishonch yorlig’i topshirishi kutilmoqda.

Jorj Krol sobiq Sovet respublikalari bilan yaqindan tanish. Belarusda elchilik qilgan, Rossiya va Ukrainada diplomatik lavozimlarda ishlagan.

4 iyul kuni Qo’shma Shtatlar mustaqilligining 235 yilligini nishonlaydi. Bayram munosabati bilan Toshkentdagi elchixonada qabul marosimi bo’lib o’tdi.

Mahalliy rasmiylar, fuqaro jamiyati faollari, tadbirkorlar va diplomatik korpus oldida so’zlagan Jorj Krol, jumladan, shunday dedi:

“O’zbekiston yaqinda mustaqilligining 20 yilligini nishonlaydi. AQSh 235 yil ilgari, O’zbekiston esa 1991 yildan beri mustaqil, suveren davlat sifatida o’zi tanlagan yo’ldan bormoqda. O’z tajribamizdan bilamizki, O’zbekiston ham kuchli, farovon demokratik jamiyat qurishda qiyinchiliklar bilan yuzlashadi. Keling, Amerika va O’zbekiston xalqi birgalashib, maqsad sari olg’a qadam tashlaylik”.

Mintaqaviy xavfsizlik va Afg’oniston bo’yicha hamkorlik Vashington-Toshkent munosabatlarida ustuvor yo’nalish. AQSh jang maydoniga O’zbekiston orqali yuk olib o’tadi.

“Amerika Ovozi” bilan suhbatlarida Jorj Krol, elchi vazifasida, boshqa muhim sohalarda ham hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini aytgan. Xususan huquq va erkinlik, madaniy-ma’rifiy dasturlar, ta’lim va qishloq xo’jaligi.

XS
SM
MD
LG