"Chegara bilmas shifokorlar" Qunduzdagi voqeani mustaqil tergov qilish talabida qat'iy

  • Amerika Ovozi

"Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti Afg'onistonning Qunduz shahrida unga qarashli kasalxonaning AQSh tomonidan bombardimon qilinishini mustaqil ravishda tergov qilishga yangidan da'vat etmoqda. O'tgan hafta ro'y bergan fojiada 22 odam - kasalxona xodimlari va bemorlar o'lgan.

Prezident Barak Obama harbiylar kasalxonani urishda xatoga yo'l qo'yganini aytib, tashkilotdan uzr so'radi.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning aytishicha, Obama guruh rahbariga qo'ng'iroq qilib, Mudofaa vazirligi voqeani tergov qilayotganini ma'lum qildi.

Biroq "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti Jeneva konvensiyasi asosida tayinlangan mustaqil tergov guruhiga ko'proq ishonamiz, deydi.

Guruh ijrochi direktori Jeyson Kounning aytishicha, so'nggi kunlarda AQSh va Afg'oniston rasmiylari voqea bo'yicha bir-biriga to'g'ri kelmaydigan turli ma'lumotlar berganini hisobga olganda taftishni xolis tomonga topshirgan ma'qulroq bo'lardi.

"AQSh, NATO va Afg'onistonning ichki tergoviga ishonch yo'q", - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG