Qunduz hukumat nazoratida, biroq hamon notinch

  • Amerika Ovozi

Puli Xumrida politsiya nazorat punkti, Afghoniston

Puli Xumrida politsiya nazorat punkti, Afghoniston

Afg'on xavfsizlik kuchlari shimoldagi Qunduz shahrini murosasiz janglarda toliblardan tortib olishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa-da, mintaqa xavfsizligi hamon qaltis.

Bag'lan viloyatining ma'muriy markazi Puli Xumrida bozor qayta ishga tushdi, demak, xavfsizlik tiklandi. Bir necha hafta oldin ko'chada tirik jon ko'rinmasdi. Qunduzga yetaklaydigan yo'lni politsiya qo'riqlamoqda.

“Vaziyat ancha yaxshilandi. Odamlar xavotir olmasa ham bo'ladi. So'nggi nafasimizgacha jang qilamiz, kerak bo'lsa", - deydi politsiyachilardan biri.

Biroq hamma ham bu gapga ishonmaydi. Tolibon Qunduzdan chiqgani bilan atrofdagi tumanlarda jangarilar izg'ib yuribdi. Bag'lanning Dandi Shohbadin tumanida ham ular bor. O'tgan hafta 100-200 tolib yo'lni tortib olishga harakat qildi. Politsiyachilar o'q-dori yetishmayotganidan nolimoqda.

“Yo'lni qo'riqlash vazifamiz", - deydi yana bir posbon.

Puli Xumridan Qunduzgacha ikki soatlik masofa bo'lsa-da, yo'l xavf-xatarga to'la. Ba'zida toliblar noqonuniy ravishda o'z nazorat punktlarini o'rnatadi. Xavfsizlik kuchlari AQSh havo hujumlari yordamida ularni siqib chiqargan bo'lsa-da, tahdid batamom bartaraf etilmagan hali.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG