Kurd harbiylari Iroq armiyasiga dalda

  • Amerika Ovozi

Kurd harbiylari

Kurd harbiylari

Kurd askarlari nefti serob Kirkuk shahrini qo’lga olgan. Sunniy jangarilar bosqini paytida Iroq qurolli kuchlari Kirkukni tashlab qochgani aytiladi.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri nazarida Iroqda hamma elat va din vakillarini o’z ichiga olgan hukumat tuzish eng dolzarb masaladir.

Mamlakatga safar qilayotgan diplomat sunniy jangarilarga qarshi choralarni muhokama qilayapti.

Kerri bugun Irbil shahrida Kurdiston muxtoriyati rahbari Masud Barzaniy bilan muloqot qildi. Kurd xalqi bu qonli mojarodan chiqish yo’llarini izlayapti, deydi Barzaniy.

Kurd askarlari nefti serob Kirkuk shahrida nazoratni qo’lga olgan. Sunniy jangarilar bosqini paytida Iroq qurolli kuchlari Kirkukni va boshqa shaharlarni tashlab qochgani aytiladi.

Kerrining aytishicha, Iroq murakkab bir pallada turibdi. “Iroq armiyasi uchun kurd askarlarining yordami ayni muddao bo’ldi”, - deydi Amerika diplomati.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, joriy oyda Iroqdan mingdan oshiq odam o’lgan, aksariyati tinch aholi vakillari. 2008 yildan beri bu davlat eng qonli davrni boshidan kechirayapti. Yil boshidan mayga qadar talofatlar soni 4500 kishini tashkil etgan.

Amerika diplomati kecha Iroq bosh vaziri, shia Nuri al-Malikiy bilan gaplashib oldi. Iroq rahbari 1-iyulgacha sunnniy va kurdlarni o’z ichiga olgan yangi hukumat tuziladi, deya ishontirgan.

Iroqqa tashrifi tugab, Jon Kerri Bryusselga, NATO tashqi ishlar vazirlari majlisiga yo’l oladi. Unda ham Iroq asosiy mavzulardan bo’ladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG