Iroq Kurdistonida qonli portlash

  • Amerika Ovozi

Iroq shimolidagi Kurdiston mintaqasida bir kishi mashinasini portlatib kamida to'rt odamni o'ldirgan.

Irbil shahrida bugungi xuruj hukumat binosi yaqinida sodir etilgan. Voqea ortida kim turgani hali noma'lum.

Iroq armiyasi va kurdlarning peshmerga jangchilari mamlakatda "Islomiy davlat" jangarilari bilan olishib keladi. Jangarilar shu yil boshida Iroqning shimoli va g'arbida katta hududlarda o'rnashib olgan edi.

Bag'dodda bunaqangi portlashlar tez-tez sodir etilsa, Kurdiston mintaqasida kamdan-kam kuzatiladi. Bugungi xuruj o'tgan yilning sentabridan beri hududda ro'y bergan eng qonlisidir.

Iroqning o'zida joriy yilda hujumlar zo'raydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitobiga qaraganda, yil boshidan beri tinch aholi va xavfsizlik kuchlari safida 13 mingdan oshiq odam o'lgan. Bu o'tgan yilga qaraganda 75 foizga ko'p.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG