Breaking News

AQSh sudi Texas yaqinidagi kurd neftini hibsga olishni buyurdi


AQSh federal sudyasi Iroqning Kurdiston mintaqasidan Texas shtati sohili bo’yida turgan bir million barrel xom neftni musodara qilishni buyurdi.

100 million dollarlik neft ayni damda shtatning Galveston oroli yaqinida tankerda turibdi. Uning xaridori kim ekani ma’lum emas. Agar yonilg’i shtat hududiga yuklansa, federal agentlar uni musodara qilishi kutilmoqda.

Kurdiston mintaqaviy hukumatining neftni mustaqil ravishda, Bag’dod ruxsatisiz chetga sotayotganidan norozi Iroq hukumati unga qarshi AQSh sudida da’vo ochgan. Iroq tabiiy resurslari mamlakat mulki, deyiladi markaziy hukumat bayonotida.

Kurdlar muxtoriyatini kuchaytirishga intilar ekan, o’z hududida qazib olingan neftni jahon bozorida bevosita sotishga haqqi bor ekanini aytmoqda.

Obama ma’muriyati kurdlarning o’zboshimchaligiga qarshi ekanini bildirib, bu harakat Iroqning davlat sifatida tarqalib ketishiga olib keladi, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG