Breaking News

Kurd jangchilari "Islomiy davlat"dan sakkiz qishloqni tortib oldi


Kurdlarning peshmerga jangchisi
Kurdlarning peshmerga jangchisi

Amerika rasmiylarining aytishicha, Iroqdagi havo hujumlarida "Islomiy davlat" guruhining uch yetakchisi o'lgan.

Kurd jangchilari ham sunniy ekstremist guruhga qarshi kurashda salmoqli yutuqlar haqida xabar berayapti.

AQSh Mudofaa vazirligining bildirishicha, natijada "Islomiy davlat" Iroq va Suriyada avvalgiday erkin harakat qilolmayapti.

Yo'q qilingan uch qo'mondonlar Hoji Mutazz, Abd al-Bosit va Radvin Tolib ekani ma'lum. Ular "Islomiy davlat" guruhi sardori Abu Bakr al-Bag'dodiyga yaqin kishilar bo'lgan.

Pentagonning aytishicha, bu shaxslar noyabr o'rtalari va dekabr boshida o'tkazilgan havo hujumlari paytida yo'q qilindi.

Shuningdek, payshanba kuni kurd qo'shinlari "Islomiy davlat" nazoratidagi sakkiz qishloqni qaytarib olgan. Bundan tashqari, tog'li mintaqada ozchilik diniy guruh - yazidiylarni jangarilar qamalidan xalos etgan.

Iroq shimolida asoslangan qurolli kurdlar Sinjar tog'i etagida "Islomiy davlat" terror guruhi tomonidan azoblanayotgan aholini qutqarish uchun qattiq kurashayotganini aytmoqda.

Amerika harbiy yordami bilan harakat qilayotgan kurdlar so'nggi kunlarda ektremistlardan bir necha qishloqlarni tortib olgan.

"Islomiy davlat" Iroq va Suriyaning uchdan bir qismida xalifalik e'lon qilib, beshafqat tuzum o'rnatgan. Minglab norasida insonlarni qirib tashlagan va qatliomlarni davom ettirmoqda.

AQSh bu guruhni yo'q qilish qarorida qat'iy. Qo'mondonlarning aytishicha, kelasi uch yil mintaqauchun qiyin bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG